#seminar
11-aprel kuni Chortoq tuman axborot-kutubxona markazidi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan tumanimizda, faoliyat olib borayotgan maktab kutubxonachi hodimlari ishtirokida "Ish faoliyatida kerakli hujjatlarni yuritish" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida maktab kutubxona xodimlariga xujjatlar qanday yuritilishi haqida ko'rsatmalar berildi hamda doim hamkorlikda ish olib borishlik taklif etildi.
#Uslubiy yordam
Chortoq tuman axborot kutubxona markazi axborot- bibliografiya xizmati rahbari E Boboraximova tumandagi 2- son politexnikumi kutubxonachisi Nargiza Xolmirzayevaga kutubxona faoliyati, jumladan, mavzuli va o'lkashunoslik kartotekalarni tashkil etish, kutubxona kundaligini yuritishga doir metodik yordam ko'rsatildi.
2025 yil 13 mart kuni tumandagi A. Navoiy MFY yoshlar yetakshisi hamda Abu ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining 9 nafar talabalari bilan birgalikda Chortoq tuman Axborot kutubxona markaziga sayohat tashkil etildi.
#Sayohat
2025 yil 14 mart kuni tumandagi Barkamol avlod bolalar maktabining “Ekodizayn va interyer” to'garagining 15 nafar a’zolari bilan birgalikda Chortoq tuman Axborot kutubxona markaziga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida markazda yaratilgan sharoitlar, kitob ko'rgazmalar bilan tanishgan o'quvchilar albatta kutubxonaga a'zo bo'lish istagida ekanligini bildirdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyulda “Siyosiy qatag’on qurboni bo’lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganib, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-270-son qarori bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot - kutubxona markazida "Jadid adabiyoti durdonalari" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.Ko'rgazmani 30 dan ortiq adabiyotlar bilan boyitildi.
Axborot bibliografiya xizmati tomonidan Axborot - kutubxona markazida "Siz izlagan kitoblar" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmani 20 dan ortiq adabiyotlar bilan boyitildi.Bundan maqsad o'quvchi - yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilishdan iborat. Bibliograf M. Tuychiyeva tomonidan ko'rgazmaga qo'yilgan adabiyotlardan mashxur adib R.L.Ctivensonning "Xazinalar oroli" kitobidagi og'zaki bibliorgafik sharx berildi. "Xazinalar oroli" kitobidagi Jim Xokins degan bolaning hayoti uni xazinalar oroliga borgani, u erdagi boyliklarni qanday topganlari va boshqa juda ko'p qiziqarli sarguzashtlar haqida o'quvchilarga to’liq ma’lumot berib o’tdi. Kitob ko'rgazmasi bilan tanishgan o'quvchilar albatta kutubxonaga a'zo bo'lish istagida ekanligini bildirdilar.
#Kutubxonachiga_uslubiy_ yordam.
13- mart kuni Chortoq tuman axborot- kutubxona markazi axborot bibliografiya xizmati rahbari E Boboraximova tomonidan tumandagi 43- maktab kutubxona mudirasi Z Tursunovaga kutubxona ish xujjatlarini to‘g‘ri yuritish, gazeta va jurnallarning o‘qilish samaradorligini hisobga olish, kitob fondini fan sohalari asosida joylashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
#Sayohat
2025 yil 21 fevral kuni Chortoq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 40- sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 3- sinfining 4 nafar o‘quvchilari bilan Chortoq tuman Axborot kutubxona markaziga sayohat tashkil etildi. Ularga AKM mutaxassisi kutubxonaga aʼzo bo‘lish tartibi hamda kutubxona fondi bilan tanishtirib o‘tdi.
Sayohat davomida Axborot kutubxona markazi bibliografiya xizmati bibliografi M.Tuychiyeva tomonidan Tumanimiz ijodkori Otash Xolmirzaevning "Otam aytgan ertaklar" kitobidan o'quvchilarga og'zaki bibliografik sharx berib o'tdi. Bundan maqsad o'quvchi - yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilishdan iborat. Markazda yaratilgan sharoitlar, kitob ko'rgazmalar bilan tanishgan o'quvchilar albatta kutubxonaga a'zo bo'lish istagida ekanligini bildirdilar.
43 maktabga 2025 yil 17- fevral kuni tumandagi 43- sonli maktabining 2- sinfining 27 nafar o‘quvchilari bilan Chortoq tuman Axborot kutubxona markaziga sayohat tashkil etildi. Ularga mutaxassislar kutubxonaga aʼzo bo‘lish tartibi hamda kutubxona fondi bilan tanistirib o‘tdilar.
Sayohat davomida Axborot kutubxona markazi bibliografiya xizmati raxbari E.Boboraximova tomonidan O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida o'quvchilarga ma'lumot berib o'tdi. Bundan maqsad o'quvchi - yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilishdan iborat. Markazda yaratilgan sharoitlar, kitob ko'rgazmalar bilan tanishgan o'quvchilar albatta kutubxonaga a'zo bo'lish istagida ekanligini bildirdilar.
#Kutubxonachiga uslubiy yordam.
Chortoq tuman Axborot - kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan Joriy yilning 20 -yanvar kuni Chortoq tuman 58 - son Madaniyat markazi qoshidagi kutubxona mudirasi Saida Po’latovaga kutubxonaning Umumiy faoliyati o’rganildi va taklif tavsiyalar berildi.
#Sayoxat
Tuman Axborot kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan Faol kitobxonlar bilan 27-sentyabr – Butunjahon turizm kuniga “Turizm - barcha uchun yorqin kelajak” nomli sayohat tashkil etdi.
#Uslubiy yordam Tuman Axborot kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati raxbari E.Boboraximova tomonidan 2024 yil 27 sentyabr kuni tumandagi 14-bolalar va o'smirlarmusiqa va san'at maktabi kutubxonachisi D.Nosirovaga kutubxona xujjatlarini yuritish, fondlarni joylashtirish, adabiyotlarga ishlov berish, jamgarma daftarlarini to'ldirish bo'yicha amaliy va nazariy uslubiy yordam ko’rsatildi.
#Uslubiy yordam
Tuman Axborot kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati raxbari E.Boboraximova tomonidan 2024 yil 27 sentyabr kuni tumandagi 5-DIMI maktab kutubxonachisi U.Tursunovaga kutubxona xujjatlarini yuritish, fondlarni joylashtirish, adabiyotlarga ishlov berish, jamgarma daftarlarini to'ldirish bo'yicha amaliy va nazariy uslubiy yordam ko’rsatildi.
Tuman Axborot kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan 2024 yil 26 sentyabr kuni tumandagi 42 - sonli maktab kutubxonachisi M.Dedamirzayevaga kutubxona xujjatlarini yuritish, fondlarni joylashtirish, adabiyotlarga ishlov berish, jamgarma daftarlarini to'ldirish bo'yicha amaliy va nazariy uslubiy yordam ko’rsatildi.
Биби Наима она (Сутли булоқ) зиёратгоҳи – диққатга сазовар жойлар тоифасида бўлиб, Чортоқ тумани Балиқ кўл м.ф.й Биби Наима она кўчасида жойлашган. Наманган вилоятининг Чортоқ туманида “Балиқли кўл” зиёратгоҳи борлигини кўпчилик яхши билади. “Балиқли кўл” зиёратига келганлар “Сутли булоқ” деб номланувчи мўъжизавий масканни кўрмай, у ерда дуои фотиҳа қилмай кетмайдилар. У “Балиқли кўл” зиёратгоҳидан икки чақиримча нарида жойлашган. Султон Увайс Қаранийнингонаси Биби Наима она вафот этганда, уни ювиш ва дафн этиш учун Аллоҳнинг буйруғи билан отилиб чиққан булоқни ёдга олайлик. Ушбу булоқнинг суви ниҳоятда тиниқ, мусаффо, кўкимтир бўз рангда бўлган бу сувнинг таъмида сутнинг мазаси бор. “Сутли булоқ” дейилишининг сабаби ҳам шунда. Биби Наима она дафн қилинган қабр ҳозирда мақбара ҳолига келтирилиб, янгидан таъмирланган.
Чортоқ туман Ахборот кутубхона маркази Ахборот библиография хизмати раҳбари Э. Бобораҳимова
Чортоқ тумани Балиқ кўл м.ф.й Балиқ кўл кўчасида жойлашган. Наманган вилоятининг Чортоқ туманида “Балиқли кўл” зиёратгоҳи борлигини кўпчилик яхши билади. “Балиқли кўл”ни сув билан таъминлаб турувчи манба бу кўлни ташкил қилган “сирли” булоқлардир. Умумий ер майдони 40300 кв.м ни ташкил этиб, шундан бино иншоатлар эгаллаган майдон 5905,69 кв.м.ни ташкил этади.
Чортоқ туман Ахборот кутубхона маркази Ахборот библиография хизмати раҳбари Э. Бобораҳимова
#Sayoxat Chortoq tuman Axborot kutubxona markazida “Ochiq eshiklar” haftaligida 2024 yil 13 avgust kuni Chortoq tuman axborot-kutubxona markaziga Chortoq Iqtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari tashrif buyurdi. Tashrif davomida Axborot-kutubxona fondi, kitoblar joylanishi hamda kutubxona haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Axborot-biblografiya xizmati bibliografi M.Tuychiyeva sayohat davomida kitobxonlarga kutubxona haqida ma'lumotlar berib,o’zbek xalqini urf odatlari, qiziqarli tarixi haqida qisqacha gapirib o'tdi. Kitobxonlar kutubxona hamda kitoblar haqida o'zlarini qiziqtirgan savollarga kutubxona mutaxassislaridan kerakli ma'lumotlar oldilar . Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o’quvchilar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish kitobxonlikni keng targ‘ib qilish orqali yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iboratdir.
#Sayoxat Chortoq tuman Axborot kutubxona markazida “Ochiq eshiklar” haftaligida 2024 yil 13 avgust kuni Chortoq tuman axborot-kutubxona markazida "Kitob–bizni birlashtiradi” mavzusida kutubxonaning faol kitobxonlari bilan sayohat tashkil etildi. Sayoxat davomida Axborot-biblografiya xizmati bibliografi M. Tuychiyeva tomonidan Axborot kutubxona markazini xizmat turlari bilan tanishtirib o’quvchilarga ma’lumotlar berdi. Kutubxonadagi foydalanuvchilar uchun yaratilgan barcha qulaylik va sharoitlar bilan tanishtirib o’tdi. Shuningdek “Vatanning mustabidlar zulmidan ozod bo`lishi millati farzandlari sharafga to`lganlar qatorida ko`rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg`oq farzandlari- jadid adabiyoti namoyondalari” haqida ma'lumotlar berildi.O'quvchilar kutubxona bilan tanishib, o'zlari qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi, kutubxonaga a’zo bo’lib, o’zlari yoqtirgan kitoblarini mutolaa qilishdi.
Чортоқ тумани "Арбағиш" маҳалласидаги "Зирк булоғи"
ЗИРK БУЛОҚ
Зирк булоқ Алихон билан Арбағиш қишлоғи туташган баланд қир бағрида, денгиз сатхидан 5 – 6 юз метр баландликда жойлашган зиёратгоҳдир. Бу жойнинг қадимда “Зирк мозор” ҳам дейишган. Аслида бу ер мозор бўлмаган.
Ривоятларда айтилишича, пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в.) вафотларидан олдин ўзларининг тўнлари (ҳирқалари)ни Султон Увайс Қаранийга мерос қилиб қолдирганлар. Уни эгасига топширишни ўз яқинларига васият қилган эканлар. Вафотларидан кейин бу тўнни Султон Увайсга топшириш вазифаси пайғамбаримизнинг куёвлари Ҳазрат Алига юклатилибди.Ҳазрат Али Султон Увайсни ахтариб “Зиркмозор”га келибдилар ва ўша ерда намоз ўқибдилар. Ҳазрат Али намоз ўқиётганда бошларини қўйган жойдан дарахт. Ҳассаларини санчиб қўйган жойдан эса булоқ чиққан экан.
Ҳозирги кунда ҳам қир бағридан ажойиб зило булоқ чиқиб “Чортоқсой” сувига қўшилади.Булоқ тепасидаги қирларда зирк дарахти ва жуда кўп шифобахш доривор гиёҳлар ўсади. Шу билан бирга жийда, қайрағоч, терак, чинор каби манзарали дарахтлар бўлиб, уларнинг соясида дам олиш, бу ернинг тоза шифобахш ҳавосидан нафас олиш кишига ҳузур бағишлайди. Кексалардан қолган ривоятларга кўра ўтмишда яшаб ўтган ҳукмдорлар Тўрахон ва унинг ўғли Маллахонлар бу жойларда дам олиш учун зарур шароитларни яратишган. Вақти – вақти билан бу ерда дам олиб кетишган.
( “Чортоқ ҳақиқати” газетаси, 26 – сон, 1998 йил. Тошпўлатов Каримжон).
ҚИРҚ ҚИЗ КЎЗ ЁШИ БУЛОҒИ
Гулшан – ўз номи билан турфа гулларга бурканган қишлоқ, Бу жой ўзининг табиий иқлими, хушманзаралиги билан машҳур. Яна қишлоқда “Қирқ қиз кўз ёши булоғи” деб аталмиш зиёратгоҳ ҳам борки, шу ҳақида тўхталмоқчимиз.
Гулшан қишлоғининг “Боғ” кўча қисмида жойлашган бу муқаддас қадамжо ҳақида кўплаб ривоятлар бор. Ана шундай ривоятларнинг бирида шундай дейилади.
Бундан бир неча йиллар аввал катта бир ғор бўлиб, ғорнинг атрофидаги манзара шу қадар ажойиб эканки, айниқса, баҳор фаслида жуда ҳам гўзал бўлиб кетар экан.
Ўша ғор атрофида қадимда бир шоҳнинг қирқта канизаги ҳар куни келиб, айланиб, ўйнаб-кулиб, дам оларкан. Канизаклар анвойи гуллардан сочларига гулчамбарлар тақиб, рақсга тушар эканлар. Уларнинг ўйинлари кундан – кунга қизиганидан – қизир экан. Бир куни ғор атрофида айланиб юришган пайтда қандайдир шовқиндан қаттиқ чўчиб кетишди. Ва шошиб ғорга беркиниб, яшириниб олишибди. Не тасодифки, қизлар кирган ғорнинг оғзи беркилиб қолибди. Ҳали – ҳонуз ўша ғорнинг оғзи очилмас экан. Қизлар эса , тинимсиз йиғлар эмиш. Шундан келиб – чиқиб, бу муқаддас жойнинг номи “Қирқ қиз кўз ёши булоғи” деб атала бошланган.
Бу ривоят холос. Аслида ҳозирги кунда ҳам тошлар орасидан томчилаб тушаётган тиниқ булоқ суви ва ғорнинг тепа қисмида жойлашган қадди худди кекса кишини эслатувчи бир туп жийда дарахти ва унга осилиб ўсган узум танаси у ерга ўзгача хусн бағишлаб туради. Яна бу ерга қўшни вилоятдан келган кишилар ҳам шифобахш булоқ сувидан турли дардларига даво топар эканлар.
Биз нима ҳам дер эдик. Ахир дунёда ҳали очилмаган сир- саноатлар кўп - ку! Шундай эмасму?
“O`zbekning sevimli yozuvchisi” O`zbеkiston xalq yozuvchisi, tarixshunos, fan arbobi Pirimqul Qodirovning 95-yilligiga Esdalik
“TARIXIY OBIDA VA YODGORLIKLAR XALQIMIZNING BEBAHO MULKI” Baliqliko'l ziyoratgohi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21- dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PQ-401-son qarorida 3-ilova 36- bandida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash yuzasidan 2024 yil 6 avgustl kuni Axborot kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan A.Navoiy MFY, Navbahor M.F.Y xududidagi xotin qizlar o’rtasida “Inson huquqlari nima?” mavzusida bibliografik sharx o’tkazildi. Ishtirokchilar huquqqa oid adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar bilan kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida Kutubxonadagi qulaylik va sharoitlar, imkoniyatlaridan foydalanishlari,Ulkamiz ijodkorlari, Chortoq tumanida joylashgan diqqatga sazovor joylaridan biri Baliqlikoʻl ziyoratgohi haqida ma’limotlar berildi.
#Ma'naviyat_soati
Axborot- kutubxona markazida 13 iyun kuni Axborot bibliografiya xizmati rahbari tomonidan "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida ma'naviyat soati o'tkazildi. Mavzuga oid kitob ko'rgazmasi tashkil etildi ma'naviyat soatida 12 nafar ishtirokchi qatnashdi.
#Uslubiy_yordam
2024 yil 6 iyun
Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazida axborot-bibliografiya xizmat rahbari E Boboraximova tomonidan tumandagi 28- umumiy oʻrta taʼlim maktabi kutubxonachisiga kutubxona kundaligini yozish va toʻgʻri yurg’izish, o’lkashunoslik burchagini tashkil etish boʻyicha uslubiy yordam berdi.
AXBOROT_KUNI
Axborot kutubxona markazi axborot - bibliografiya xizmati rahbari E Boboraximova tomonidan Chortoq tuman Yoshlar ishari agentligi mutaxassilariga "Axborot kuni" o‘tkazildi. Axborot kuni mavzusi "Yoshlar va biznesni qo‘llab - quvvatlash yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturi bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek o‘lkashunoslik yo‘nalishi bo‘yicha AKM da amalga oshirilayotgan ishlar bilan qisqacha tanishtirib, o'tildi.
Chortoq tuman Axborot - kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan “O’QING YANGI ADABIYOTLAR” mavzusida tayyorlagan tavsiya ro'yxati https://t.me/chortoq_kutubxonasi/50432
#VARAQA
CHORTOQ AXBOROT – KUTUBXONA MARKAZI AXBOROT – BIBLIOGRAFIYA XIZMATI TOMINIDAN 9 – MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN “XOTIRA QALB KO’ZINING QAROG’I “ MAVZUSIDA TAYYORLAGAN VARAQA https://t.me/chortoq_kutubxonasi/50167
#Xotira_va_qadrlash_kuni
Chortoq tuman Axborot - kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan 9- may - "Xotira va Qadrlash kuni" ga bag'ishlab” INSON QADRI ULUG' – XOTIRA MUQADDAS “ mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 2 may kuni Tuman axborot- kutubxona markaziga Axborot bibliografiya xizmati bibliografi M. Tuychiyeva tomonidan 2023 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha kutubxonamizning faol kitobxonlari bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi kitobi yuzasidan bibliografik sharx o'tkazdi. Sharhda Jinoyat kodeksi Umumiy va Maxsus qismi alohida - alohida sharh tayyorlangan bo'lib, Jinoyat kodeksi normalari dispozisiyasining mohiyati, huquq normasida belgilangan jinoyatlarning sub'ekti, sub'ektiv tomoni, ob'ekti, ob'ektiv tomoni belgilarining asosiy jihatlari ochib berilgan, huquq normalarida o'rnatilgan sanksiyalarning mazmuni, ularni qo'llash tartibi ko'rsatilganligini kirobxonlarga sharxlab berdi.
#Uslubiy_yordam
2024 yil 2 may kuni Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazida axborot-bibliografiya xizmat rahbari E Boboraximova tomonidan tumandagi 43- umumiy oʻrta taʼlim maktabi kutubxonachisiga kutubxona kundaligini toʻgʻri yurg'uzish kitoblani fondga joylash boʻyicha uslubiy yordam berildi
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi axborott bibliografiya xizmati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlash bo’yicha “Yurtimiz himoyachilari” mavzusida tayyorlagan Varaqa https://t.me/chortoq_kutubxonasi/48508
Chortoq tuman Axborot - kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan 15 may — Хаlqaro oila kuniga bag'ishlab “OILAМ – BAXTIM MENING” mavzusida tayyorlagan tavsiya ro'yxati https://t.me/chortoq_kutubxonasi/50431