2025 yil 8 aprel kuni Axborot - kutubxona markazida "Eng kitobxon oila" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Oilalarda nodir asarlarni o‘qib-o‘rganish va shu orqali insoniylikning yuksak fazilatlarini shakllantirish, o‘zaro mehr-oqibat, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqidagi tushuncha va bilim hamda ko‘nikmalarni yanada yuksaltirish, adiblarimiz ijodini keng targ‘ib yetish maqsadida “Eng kitobxon oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbirga Axborot - kutubxona markazi axborot bibliografiya xizmati tomonidan "Kitobxon ona- kitobxon bola", "O'zbek milliy ma'naviyat namoyandalari" mavzularida kitob ko'rgazmalari tashkil etildi.
Tanlov nizom asosida tumandagi 55 ta maktab kutubxonalaridan kelgan kitobxon oilalar ishtirok etishdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Rasulbek Ummatov, tuman axborot-kutubxona markazi direktori Sobirjon Nasriddinov, Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi vakillari so‘z olib, kitob-zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasi ekanini ta’kidlab, kitobxon oilalarga tanlovdagi ishtiroklari uchun minnatdorlik bildirishdi.
#"Kitob -nur, Kitob -oftob"
29- mart kuni Saroy mahallasida aholi va yoshlar o’rtasida “Millatlararo totuvlik bag’rikenglik, do’stlik va hamjihatlik ” mavzusida tadbiri o’tkazildi."DO'STLIK VA HAMJIHATLIK ULUG'LANGAN YURT" shiori ostidagi m'naviy ma'ifiy tadbirda milliy qadriyatlarimiz ma’naviyat va ma’rifat , kitobxonlikka muhabbat namoyon bo’ldi. Kitobsevar insonlar , yoshlar bilan ijodiy muloqot , maqsadlarini amalga oshirish, yangi g’oyalarni o’ylash makoniga aylandi. AKM xizmat rahbari F.Juraboyeva ishtirokchilarni "Kitob -nur, Kitob -oftob" nomli yangi adabiyotlardan tashkillangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishtirib, kitob targ’iboti o’tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyulda “Siyosiy qatag’on qurboni bo’lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganib, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-270-son qarori bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi yuzasidan Chortoq tuman “Istiqlol” MFY da kutubxona mutaxassisi M.Zaylabova tomonidan tumandagi 1-2 sonli maktab o’quvchilari ishtirokida 14 mart kuni “Jadidlar jasorti millatimiz faxri” mavzusida suxbat otkazildi. O’quvchilarga “Behbudiy”, “Abdulla Avloniy”, “Fitrat” kabi jadidchilikka asos slogan ajdodlarimizni bizga qoldirgan me’rosi xaqida so’z yuritildi. “ O’zbek milliy ma’naviyati namoyondalari ” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, o’quvchilarga havola etildi.
2025 yil 19 mart kuni tumandagi “To’riq ” MFY Axborot kutubxona markazida Mahmud az- Zamaxshariy (1075-1144) tavalludining 950 yilligiga “ Mahmud az- Zamaxshariy tilshunoslikka oid asarlari ” mavzusida kutubxona markazida tumandagi 20 sonli maktabning 6-7-8 sinf o’quvchilari ishtirokida davra suxbati o’tkazildi
2025 yi 17 mart kuni To’riq mfy Axborot kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2023 yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori, 0’zbekiston Respublikasi Prezdenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2023 yil 10-fevraldagi 21-sonli buyrug‘iga asosan Alisher Navoiy nomidagi 0’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 2023 yil 21 fevraldagi 13-sonli buyrug‘i va Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati axborot-kutubxona markazining 2023 yil 27 fevraldagi 9-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo’yicha 5 VZVOD xarbiy qism xizmatchilari ishtirokida “Inson xuquqlarini ta’minlash bosh maqsadimiz ” mavzusida M.G’oyibboyeva tomonidan suhbat o’tkazildi.
2025 yil 17 mart kuni tuman axborot kutubxona markazida Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan tumandagi 40-42 maktab o’quvchilari ishtirokida tumanimiz ijodkori Boqiy Mirzoning “ O’g’rining muhabbati “ nomli romanidan kitob targ’iboti o’tkazildi.Ishtirokchilarga ushbu kitobning qahramoni hayot mashaqqatlari , ruhiy iztiroblarni matonat bilan engib o’tgani, tug'ilish va yashashdan maqsad – zo’ravonlar qo’lida o’yinchoq bo’lish emas, qiynalganlarga yordam berish, vatanga xizmat, uning sha’n – shavkatini baland ko’tarish ekanligi, asarda qahramonlar psixologiyasi , fe’l –atvori va oldiga qo’ygan maqsadi hayotiy xaqiqatlar fonida berilganligini tushuntirib o’tildi.
2025 yil 14 mart kuni Axborot kutubxona markazida Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati tomonidan tumandagi Barkamol avlod bolalar ijodiyot markazi maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga markazdagi bolalarga oid ertak kitoblar bilan tanishtirib o’tildi. Ularga kutubxonadagi audio, ovozli ertak kitoblar, kutubxonadan foydalanish qoidalari, kitobni o’z vaqtida kutubxonaga topshirish, kitobni yirtmaslik , asrab avaylash kabi ma’lumotlar berib ularni kutubxonaga qiziqishini uyg’otildi. Tarbiyalanuvchilarning o’z o’quv maskanida o’rganib yod olgan ona, kitob , bahor haqidagi she’rlari yig’ilganlarga manzur bo’ldi.
Tuman axborot kutubxona markazida joriy yilning 12-mart kuni Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish mutaxassislari tomonidan Bahor yangilanish ayyomi munosabati bilan “Tengi, timsoli yo’q, farishta onam” mavzusida tumandagi 50-42-11–sonli maktab o’quvchilari hamda “Ziyo nur” klubi a’zolari ishtirokida suhbat o’tkazildi. Suhbatda mutaxassis M.Muminova so'z olib Shoira, adiba, pedagog- olima, adabiyotshunos, jamoatchi tashkilotchi O’zbekiston respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Tursunoy Sodiqovaning to’plam va risolalaridan “Mehr qolur”,” Xazrati ayol”, “Yoningdagi baxt “, “Baxt qayerda ”, “Jannatim onam”, “Yashash tilsimi”, “Nozik savol" nomli kitoblarida aks ettirilgan sabrlilik, ezgulik, ahloq –odob, oilalar, qaynona kelinlar haqidagi yozilganligini bildirib ishtirokchilarga tushuntirib o’tdi.
Chortoq Tuman Axborot - kutubxona markazi kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 110 yilligi munoabati bilan “Zulfiya – O’zbekning buyuk shoirasi” kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.Ko'rgazma 20 dan ortiq adabiyotlar bilan boyitildi. Ko'rgazma oldida Chortoq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli Ixtisoslashtirilgan 53 - sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining "Yosh kitobxon" klubining o'quvchilariga og'zaki bibliorgafik sharx berildi.
Bibliografik sharx davomida Axborot kutubxona markazi xizmat rahbari Ulug’bek Tuychiyev Zulfiya she'rlarini mazmuni haqida o'quvchilarga to’liq ma’lumot berib o’tdi. Kitobxonlar o'zlari yod olgan she'rlaridan na'munalar aytib berishdi. Kitoblaridan mutolla etishdi. Bundan maqsad o'quvchi - yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilishdan iborat. Kitob ko'rgazma bilan tanishgan o'quvchilar albatta kutubxonaga a'zo bo'lish istagida ekanligini bildirdilar.
2025-yil 26-fevral kuni Axborot kutubxona markazida Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari bolalar shoiri Qudrat Hikmatning tavallud kuniga atab “Shoir she’riyatida milliylik hamda zamonaviylik” mavzusida “Ziyo nur ” klub a’zolari hamda tumandagi 53-40-5-DIMI-43-41-1-52- maktab o’quvchilari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.Tadbirda ishtirokchilar Qudrat Hikmatning hayoti va ijoidi uning she'riy to’plamlaridan “Mening vatanim”,” Baxtli bolalar”, “Odoblik”, “Do’stlik”, “Uch o’rtoqning sovg’asi”, “Chirchiq farzandi”, “Toshbaqalar hujumi” va boshqa to’plamlariga kirgan she’r, ertak dostonlari Ona vatan madhi , tabiati va fasllar tasviri, bolalar hayoti hamda ta’lim- tarbiya muammolariga bag’ishlanganligi haqidagi ma’lumotga ega bo’lindi.
h#Mahmudxo’ja Behbudiy
Axborot kutubxona markazining o’quv zalida Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati tomonidan 24 fevral kuni Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, ma’rifatparvar olim yozuvchi va publisist Mahmudxo’ja Behbudiyning tavallud 150 yilligi munosabati bilan “Behbudiy zamondoshlar xotirasida ” mavzusida tumandagi 41- sonli -5-sonli maktablarning 9-10 sinf o’quvchilari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. O’tkazilgan davra suhbatida o’quvchiular Mahmudxo’ja Behbudiyning tanlangan asarlari, chop etilgan maqolalarida ilgari surilgan g’oyalar xaqida keng tasavvurga ega bo’lishdi.
#Sayoxat
2025 yil 10 yanvar kuni tumandagi Barkamol avlod bolalar maktabining "Qo'g'irchok teatri", "Kashtachilik" tugaragi a’zolarii bilan birgalikda Chortoq tuman Axborot kutubxona markaziga sayohat tashkil etildi.
Bundan maqsad o'quvchi - yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilishdan iborat. Sayohat davomida Axborot bibliografiya xizmati bibliografi M.Tuychiyeva tomonidan o'quvchilar o'rtasida O'zbek xalk ertaklaridan "Ur to'qmoq" kitobidan og'zaki bibliografik sharx o'tkazildi. Markazda yaratilgan sharoitlar, kitob ko'rgazmalar bilan tanishgan o'quvchilar albatta kutubxonaga a'zo bo'lish istagida ekanligini bildirdilar.
#davra suhbati
2025 yil 10 yanvar kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi, akademik shoir, yozuvchi, jamoat arbobi Oybek (Muso Toshmuhammad o‘g‘li) tavalludining 120 yilligiga bag'ishlab Oybekning hayoti va ijodiy faoliyati hamda "Bolalik xotiralarim" qissasidan kutubxonamizning faol kitobxonlari o'rtasida davra suhbati o'tkazildi.Ishtirokchilar Oybekning bolalik xotiralarim nomli kitobidan o'z fikr mulohazalarini bildirishdi. Davra suhbatida “Oybek-Ulug’ adib, shoir, olim, jamoat arbobi” mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etilib ko'rgazma 16 dona adabiyotlar bilan boyitildi. Tashkil etilgan ko'rgazmadagi adabiyotlarga bibliografik sharx berib otildi.
#METODIK YORDAM
2025 yil 7 yanvar kuni tuman Axborot kutubxonaa markazi Abonementlar va foydalanuvchilar xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari M.Muminova va D.Akbarovalar tomonidan tumandagi 5-DIMI kutubxonachisi Tursunova O’g’iloyga kutubxona ishi yuzasidan adabiyotlarni inventar daftarga kiritish, adabiyotlarga texnik ishlov berish, xisob kundaligini jamlash kabi ishlarni to’g’ri to’g’ri yuritish bo’yicha amaliy yordam ko'rsatildi
#O’z huquqingizni bilasizmi
2025 yil 16 yanvar kuni tumandagi “Istiqlol ” MFY da hudud faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 7- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son Qarori yuzasidan “O’z huquqingizni bilasizmi” mavzusida suhbat o’tkazildi . Suxbatda mutaxassisi M.Zaylabova har bir fuqoroning o’z huquqlari mavjudligi , konstitutsiyamizda belgilangan moddalar haqida tushuncha berib o’z fikr muloxazalarini bildirdi.
#Kitobxon onalar kun 2025 yil 17 yanvar kuni tuman Axborot kutubxona markazining o’quv zalida Milliy kutubxona ZOOM orqali “Kitobxon onalar kuni” tadbiri doirasida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan adabiy badiiy kecha o’tkazildi .ZOOMda tumandagi Navbahor , Turkiston MFY xududidagi xotin qizlar ishtirok etishdi . Axborot kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari markazdagi adabiyotlar bilan ishtirokchilarni kitob targ;iboti orqali tanishtirib o’tishdi..
Chortoq tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 21-oktyabr kuni 21-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlab markazd davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatiga Chortoq tuman Milliy Gvardiya bo'linmasi hodimlari taklif etildi. Davra suhbatiga “Til millatning ma’naviy boyligidir” mavzusida ko‘rgazma tashkil qilindi.
Ko‘rgazmaga o‘zbek tilining izohli va imlo lug‘atlari, tilga oid ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda o‘quv maskanlaridagi ona tili darsi jarayoni tasvirlangan fotosuratlar qo'yildi.
Kitobxonlar ko‘rgazmaga katta qiziqish bildirishmoqda.Bibliografiya xizmati raxbari E Boraximova ko'rgazmaga bibliografik sharx berdi. Davtra suhbati savol javoblar asosida ko'tarinki ruhda yakunlandi.
2024 yil 27 Sentyabr kuni Axborot kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari hamda ma’naviyat va ma’rifat tuman bo’linmasi bilan hamkorlikda tumandagi 40-53-6-43 maktabning 9-10 sinf o’quvchilari ishtirokida 27-sentyabr – Butunjahon turizm kuni munosabati bilan “Dunyo bo’ylab sayohat” nomli davra suhbati o’tkazildi. Suhbatda ma’naviyat va ma’rifat tuman bo’limi rahbari F.Bahodirov, Axborot - kutubxona markazi bibliografiya xizmati rahbari E.Boboraximovalar so’z olib, bugungi kunda turizm sohosiga alohida ahamiyat qaratilganligi, Yurtiizda ham maqtashga arzugulik tarixiy obidalar va shaharlar judayam ko'p ekanligi, bu yerlarga tashrif buyurgan hech bir sayyoh afsuslanmasligini,bizning turistik manzilgohlarimiz o'ziga xos milliylikka ega ekanligi, hamda tarixiy -madaniy obidalarimiz ham boshqa davlatlarda juda ham mashhurligini bildirib o’tdi. Axborot kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan” Yangi adabiyotlar” ko’rgazmasi tashkil etilib , ishtirokchilarga havola etildi. AKT xizmat rahbari F.Jo’raboyeva tomonidan “Mamlakatimizning turizm salohiyati yuksalmoqda ” mavzusida videorolik tayyorlab ishtirokchilarga havola etdi.
2023 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Chortoq tuman Axborot-kutubxona markazi To’riq MFY xududidagi Axborot kutubxona markazida 17 sentyabr kuni faol kitobxonlar o’rtasida “Inson huquqlari odobi” mavzusida suhbat o’tkazildi.Ishtirokchilar kutubxonadagi huquqga oid adabiyotlar va o’zlariga kerakli ma’lumotga ega bo’lishdi.
#O'tkir Hoshimov 2024 yil 5 avgust kuni tuman Axborot kutubxonba markazida faol kitobxonlar o’rtasida markaz xodimlari va ma’naviyat va ma’rifat tuman bo’linmasi bilan hamkorlikda O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov tavalludining 83 yilligi munosbati bilan “Elimning atoqli va ardoqli adibi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. O’tkazilgan suhbatda Axborot kutubxona markazi xizmat raxbari U.Tuychiyev so’z olib adibning hayoti va ijodi uning asarlaridan “Bahor qaytmaydi”, “Shamol esaveradi”, “Ikki eshik orasi”,”Dunyoning ishlari” kabi asarlarida ilgari surilgan g’oyalar haqida ma’lumot berdi. Axborot kutubxona markazi AKT mutaxassisi O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari yuzasidan vediorolik tayyorlab ishtirokchilarga havola etdi. O’tkir Hoshimovning 18 nomdagi adabiyotlari jamlanmasidan kitob ko’rgazmasi tashkil etilib kitobxonlarni uashbu adabiyotlar bilan tanishtirildi.
#Abdulla Avloniy 2024 yil 25 iyul kuni tuman Axborot kutubxona markazida Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati tomonidan o’zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, ma’rifatparvar shoir , dramaturg jurnalist , olim , davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy ( 1878-1934) tavalludining 146 –yillilgiga bag’ishlab “Mashhur o’zbek ma’rifatparvar shoiri va jamoat arbobi” mavzisida tumandagi 53- 1- maktabning 6-9-10 sinf o’quvchilari o’rtasida suxbat o’tkazildi. Suxbatda A.Avloniyning hayoti va ijodidan qisqacha tanishtirish orqali qatnashchilar tushunchaga ega bo’lishdi. AKT xizmati tomonidan A.Avloniy hayoti va ijodidan vediolavha namoyish hamda “Abdulla Avloniy ma’rifatparvar shoir” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi
24-iyul kuni "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona - kitobxon bola" g'oyasi asosida Oilaviy kitobxonlardan tumandagi “Bo’lon ” MFY hududidagi faxriy kitobxonlardan Orzuxon Samandorovalar oilasi hamda “Sarkor” MFY hududidan Naima Abbasovalar oilasi bilan Axborot kutubxona markazidagi yangi adabiyotlar yuzasidan kitob targ’iboti o’tkazildi.
Chortoq tuman To'riq MFY hududidagi Axborot kutubxona markazida 23.07.2024 yil kuni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini va Vatan himoyachilari kunini Yangi O‘zbekistonning buyrug`ini taraqqiyot darajasi xalqaro maydondagi nufuziga munosib, yuksak saviyada, umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi munosabati hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14-dekabrdagi F-79-son farmoyishiga asosan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 2023 yil 18 dekabrdagi 70-sonli Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat Axborot-kutubxona markazining 2023yil 20 dekabrdagi 46- sonli buyrug‘ining ijrosi yuzasidan “Askarlar vatanning maqtovi va ko’rki” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda 5 VZVOD komandiri U.Bozarovich so’z olib ishtirokchilarga o’z ish faoliyati , Milliy Armiyamizning tashkil topganligi va hozirgi kundagi faoliyati yuzasidan ma’ruza qildi. Ishtirokchilar o’zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
#Inson huquqlari 2023 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Chortoq tuman Istiqlol MFY da “Huquqingizni bilasizmi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda Istiqlol MFY hududidagi xotin qizlar tashrif buyurishdi. Tuman xotin qizlar kengashi rahbari F.Mansurova so’z olib xotin qizlarni huquqlari oiladagi muhitlar farzandlar tarbiyasiga oid masalalar yuzasidan suhbat o’tkazdi.
✅5-iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida metodik to‘garak zoom platformasi orqali (online va offline)💢O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmatining “Nodir nashrlarni saqlash, raqamlashtirish va ulardan foydalanish masalalari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
👩💻 Mashg‘ulotda onlayn — ZOOM platformasi orqali Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etishdi .
Joriy yilning 26 iyun kuni Chortoq tuman hokimligi,Ma’naviyat va ma’rifat markazi,Yoshlar ishlari tuman bo‘limlari,Axborot kutubxona markazi hamkorligida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona — kitobxon bola” g‘oyasini keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Ezgulik shiormiz, ma’rifat qurolimiz” shiori ostida tuman ma’naviyat maskanida “Kitobxon ona – buyuk kelajak kafolati” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.Suhbatda tuman hokimi o’rinbosari D.Hakimoma , Ma’naviyat va ma’rifat markazi,Yoshlar ishlari tuman bo‘limi raxbari F.Bahodirov,tuman xotin qizlar kengashi raxbari F.Mansurova , Yoshlar ishlari agentligi rahbari D.Ahmadjanova tuman AKM direktori S. Nasriddinov , xizmat raxbari U.Tuychiyev,tumanimiz ijodkori D.Haydarova faol kitobxonlar J.Qobulova ,M.Sayfiddinova, X.Tursunpo’latov, N.Yigitaliyevalar so’z olib, kitobning inson hayotidagi o’rni xaqida, kitobni mutoola qilish oiladan boshlanishini, har bir oilada shaxsiy kutubxona tashkil etishni muhim ekanligini bildirib o’tishdi bundan tashqari ijodkorlarimiz o’z ijodlaridan namunalar keltirishdi. Tadbirga yil davomida 100 dan ortiq kitob o‘qigan yoshlar va ularning onalari taklif etildilar. Yig’ilganlar kitob va kitobxonlikni ahamiyati yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarga tuman xokimi o’rinbosari D.Hakimova esdalik sovg’alar topshirdi.
Joriy yilning 21 iyun kuni tuman Axborot kutubxona markazida “Zukko kitob xon ” tanlovi o’tkazildi. Tanlovda tumandagi 42- 1-53- 6-21-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari ishtirok etishdi. Tanlov shartiga ko’ra 2 ta shart asosida o’tkazilib 1- shart O’zbekiston xalq yozuvchisi S.Ahmadning Jimjitlik asari yuzasidan , 2- shart erkin mavzuda bo’lib o’tdi. Tanlov yakuniga ko’ra 1- o’rin 53- maktab o’quvchisi To’raxo’jayeva Mumtozbegimga , 2- o’rin 1 maktab o’quvchisi Sobirov Abdulazizga 3- o’rin 21- maktab o’quvchisi D.Abdurahimovaga nasib etdi . G’olib bo’lganlarni tuman xokimligi tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar
#Bolalarni himoya qilish kuni 1-iyun “Bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi hamda tumandagi 17-maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda “Bolalik dunyosi- beg’ubor dunyo” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlar ijrosida kuy - qo’shiqlar namoyish etildi.Tadbirga Axborot bibliografiya rahbari tomonidan “Mehrga yo’g’rilgan kun ” mavzusida ko’rgazma tashkil etildi.
#o'quv_seminar
2024 yil 27 may
🔷 Namangan viloyati Chortoq tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida Hunarmandchilik va qo'l mehnati yo'nalishi "Kashtachilik" To'garagida "Yostiqcha tikish usullari" mavzusida viloyat o'quv seminari bo'lib o'tdi.Seminarda Tuman Axborot kutubxona markazi Axborot bibliogafiya xizmati rahbari E. Boborahimova tomonidan “O'qing yangi adabiyotlar" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 24 may kuni Axborot kutubxona markazida Respublika ma’naviyat va ma’rifat tuman bo’linmasi bilan xamkorlikda Namangan viloyat Pedagokika institutining Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabalari ishtirokida
¬¬¬¬¬¬¬ ” "Kitob — tafakkur xazinasi” mavzusida suhbat o’tkazildi. Suhbatda Axborot kutubxona markazi direktori S.Nasriddinov so’z olib, Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishiga choralshi, ma’naviyatning zamoni, zamonaviyligi bo‘lmasligi, u hamisha davr bilan birga ekanligi, yuksak marralarga esa ma’rifat bilan, ma’naviyat bilan, kitobxonlik bilan erishishimiz Ma’naviy tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan joyida ma’rifat bo‘lmasligi, ma’naviyat oqsa-sa, ilmiy taraqqiyot ham oqsashligi, bejizga Prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida bildirgan taklifi asosida joylardagi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida hududlardagi 4 ta sektorga qo‘shimcha 5-sektor, ya’ni “Ma’naviyat sektori” tashkil qilinishligini ta’kidlab o’tganliklarini bildirib tushuncha berdi. Suhbat davomida talabalar Axborot kutubxona markazidagi adabiyotlarni mutoola qilib, kitobxonlikka jalb etib a’zolik varaqalari ochildi.
Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi. Dunyo bo‘ylab 15 may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu kunning tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi yalpi yig‘ilishida 15 may kuni Xalqaro oila kuni deb belgilangan.2024 yil 15 may kuni tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassisi hamda tuman ma’naviyat va ma’rifat tuman bo’linmasi bosh mutaxassisi bilan hamkorlikda tumandagi “Turkiston ” MFY xududida yashovchi O.Samandarova xonadonida “ Oila-urf –odatlar, qadriyatlar” mavzusida 42- sonli umumiy o’rta talim maktabning 4-5 sinf o’quvchilari ishtirokida tadbir o’tkazildi.Tadbirda O.Samandarova o’zining shaxsiy kutubxonasidagi kitoblardan o’quvchilarga muntazam berib kitobxonlikni yo’lga qo’yganligini , turli mavzularda kitoblar bilan kutubxona tashkil etganligini ishtirokchilarga bildirib o’tdi. O’quvchilar bolalarga xos sheriy va ertak kitoblardan mutolaa qilishib, yod olgan sherlaridan namunalar keltirishdi. Bundan tashqari Axborot kutubxona markazi mutaxasisi M.Muminova markazdagi adabiyotlardan kitob ko’rgazma tashkil etib, o’quvchilarni adabiyotlar bilan tanishtirib kitobxonlikka jalb etdi.
Joriy yilning 14 may kuni Axborot kutubxona markazida Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, XX asr oʻzbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir Munavvarqori, Abdurashidxonov Munavvar qori (1878 — 1931) tavalludining 146 yilligiga “Munavvarqori O’rta Osiyo jadidchilik xarakatining yo’lboshchisi”mavzusida tumandagi 43- 6- 53 maktabning 7-8-9 sinf o’quvchilari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda xizmat raxbari D.Akbarova so’zga chiqib adib va shoir Munavvarqori, Abdurashidxonovning hayoti va ijodidan, jadid maktabini ochganligi va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzib, darsliklar yozganligi, 1903-yildan jadid maktablari ochib dars berganligi, turli jamiyat va uyushmalar tashkilotchisi bo’lganligini tushuntirib o’tdi.Tuman AKT xizmati tomonidan Munavvarqori, Abdurashidxonov Munavvar qorining hayoti va ijodidan vedio lavha tayyorlab ishtirokchilarga namoyish etdi
2024 yil 13 may kuni tuman Axborot kutubxona markazida Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati tomonidan Buyuk shoir va mutafakkir Boboraxim Mashrabning (1640-1711 )384 yilligiga bag’ishlab tumandagi 40-43-54 umumiy o’rta ta’lim maktabining 8-9-10 sinf o’quvchilari ishtirokida “Dilim daryoi nuridur”, mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Suhbatda Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmat raxbari D.Akbarova so’z olib, Boborahim Mulla Vali (Valibobo) oʻgʻli Mashrab oʻz ijodi bilan oʻzbek adabiyotida xalqchillik, ijtimoiylik va dunyoviylikning chuqurlashuvida, jaholat va bidʼatga qarshi kurash gʻoyalarining kuchayishi, sheʼriyat shakllarining takomillashuvi hamda badiiyatning kamolga erishuvida katta oʻrin tutganligi,Mashrab faqat otashzabon ijodkor sifatidagina emas, balki, ayni zamonda, adolatsizlik va zoʻravonlik, qabohat va jaholat bilan aslo kelisha olmaydigan dovyurak shaxs sifatida ham dong taratganligi, haqida o’z fikrini bildirdi. Tuman AKT xizmati tomonidan Boboraxim Mashrabning hayoti va ijodidan videonamoyish etildi
#Tanlov
Joriy yilning 8 may kuni Namangan viloyat Chortoq tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida to’qimachilik to‘garak a‘zolari bilan birgalikda “Mohir qo’llar” mavzusida to’qimqchilik sohasi yuzasidan o’quvchi qizlar o’rtasida tanlov o’tkazildi.Tanlovda 3-33-42 maktabning o’quvchilari ishtirok etishdi. O’tkazilgan tanlov yakuniga ko’ra 1-o’rin 42 maktabning 6-sinf o’quvchisi Yahyomirzayeva Muborakka, 2 -o’rinni 3- maktabning 7- sinf o’quvchisi Yo’ldasheva Dilnozaga 3- o’rin 6- maktabning 5- sinf o’quvchisi Rahimjanova Gulasalga nasib etdi. G’olib o’quvchilarga Barkamol avlod bolalar maktabining faxriy yorliqlari hamda tuman Axborot kutubxona markazining esdalik sovg’alari topshirildi.
📚Bugun chortoq tumanidagi Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 43-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 1"a"-sinf o'quvchilari tomonidan "BIZ O'ZBEKISTON KELAJAGIMIZ" nomli tatbir o'tkazildi. Tadbirga Namangan viloyat bolalar kutubxona xodimi Alisher Yo'ldashev, Chortoq tuman kutubxona markazi xodimi Boborahimova E'tibor, tumanimizning 44- maktab kutubxona mudirasi Oxunova Munojatxonlar mehmon bo'lib tashrif buyurdilar.Tadbirga o'quvchilarning ota- onalarini ham taklif qilinib, hurmat va ehtirom ko'rsatildi.Tadbirni maktabimizning boshlang'ich sinf rahbari Muhayyo Mutalova olib bordi.📕📗📘
Tadbirni 1"a"- sinf rahbarlari Maluda Abdurahimova va maktab kutubxona mudirasi Zamira Tursunovalar tashkil qildilar.
Tadbirga maktab kutubxonasi tomonidan mavzuga oid ko'rgazmalar tashkil qilindi va kerakli ma'lumotlar yetkazib berildi.
Tadbir so'ngida o'quvchilarga maktab kutubxonasi tomonidan kitoblar sovg'a qilindi.📚
📚Bugun chortoq tumanidagi Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 43-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 1"a"-sinf o'quvchilari tomonidan "BIZ O'ZBEKISTON KELAJAGIMIZ" nomli tatbir o'tkazildi. Tadbirga Namangan viloyat bolalar kutubxona xodimi Alisher Yo'ldashev, Chortoq tuman kutubxona markazi xodimi Boborahimova E'tibor, tumanimizning 44- maktab kutubxona mudirasi Oxunova Munojatxonlar mehmon bo'lib tashrif buyurdilar.Tadbirga o'quvchilarning ota- onalarini ham taklif qilinib, hurmat va ehtirom ko'rsatildi.Tadbirni maktabimizning boshlang'ich sinf rahbari Muhayyo Mutalova olib bordi.📕📗📘
Tadbirni 1"a"- sinf rahbarlari Maluda Abdurahimova va maktab kutubxona mudirasi Zamira Tursunovalar tashkil qildilar.
Tadbirga maktab kutubxonasi tomonidan mavzuga oid ko'rgazmalar tashkil qilindi va kerakli ma'lumotlar yetkazib berildi.
Tadbir so'ngida o'quvchilarga maktab kutubxonasi tomonidan kitoblar sovg'a qilindi.📚
Joriy yilning 25 aprel kuni Namangan viloyati ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi tasarrufidagi Chortoq tuman ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2020-yil 14 dekabrdagi 2020-2025-yillarda "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 781- sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida "Kitobsevar millat shiori ostidagi IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida 26 aprel Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab “Yurakka ko‘milar asl shoirlar” nomli adabiy kecha o‘tkazildi.Tadbirda “El ardoqlagan shoir” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, ko’rgazmada shoirning she‘rlari, adabiyotlari , u haqida yozilgan shoirlarning fikr mulohazalari yoritilgan matbuot asarlari bilan boyitildi. Tadbirga Axborot – kutubxona markazi xizmat rahbari U. Tuychiyev, bibliografiya bo‘limi mutaxassislari M.Tuychiyeva, O.Haydarovalar tashrif buyurishdi. Tumandagi 5-DIMI o‘quvchilari, kutubxonaning faol kitobxonlari tomonidan shoir qalamiga mansub she’rlaridan na'munalar keltirildi. Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 43- sonli maktabning ona - tili va adabiyot fani o'qituvchisi Yodgorjon Zokirjanov tadbir ishtirokchilariga Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi. Chortoq tuman 58- sonli madaniyat markazi qoshidagi "Chortoq tongi" ashula va raqs xalq xavaskorlik ansambli hushovoz xonandasi Ulug'bek Abdullayev tomonidan ijro etilgan qo'shiq tadbirga o'zgacha shukux bag'ishladi. Tadbir so'ngida Axborot kutubxona xodimlari tomonidan faol ishtirok etganlarni faxriy yorliq bilan taqdirladi.
Chortoq tuman Abu Ali Ibn Sino nomidagi aholi salomatlik texnikumida 2024 yil 25 aprel kuni Axborot kutubxona markazi mutaxassisilari va Chortoq tuman Ma'naviyat va ma'rifat tuman bo'linmasi mutahassisi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2020-yil 14 dekabrdagi 2020-2025-yillarda "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 781- sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Kitobsevar millat shiori ostidagi IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida texnikumning 1- kurs talabalari o’rtasida "Yosh kitobxon" ko'rik tanlovi o'tkazildi. Talabalar 3 ta shart bo'yicha bellashdilar. Bellashuv natijasiga ko'ra 55-guruh talabasi Turdialiyeva Rokiya 1-o'rin, 56-guruh talabasi To'xtapo'latova Muslima 1-o'rin, 58-guruh Mahmudova Mavluda 2-o'rin, 57-guruh talabasi Egamberdiyeva Shaxnoza 3-o'rin, 57-guruh talabasi Dehqanova shaxnoza 4-o'rinni egallab g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Goliblar esdalik sovg'a va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar
Namangan Pedagogika Institui Chortoq tuman Akademik litseyda 2024 yil tuman 24 aprel kuni Axborot kutubxona markazi mutaxassisilari va Chortoq tuman Ma'naviyat va ma'rifat tuman bo'linmasi mutahassislari hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2020-yil 14 dekabrdagi 2020-2025-yillarda "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 781- sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Kitobsevar millat shiori ostidagi IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida buyuk sohibqiron Amir Temurga bag’ishlab " Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi" mavzusida talabalar o’rtasida "ZAKOVAT" intellektual-o'yini o'kazildi. Zakovat –o’yinida Akademik litseyning 5ta yo'nalishdan 5ta guruh qatnashchilari ishtirok etishdi. Tadbir yakunida Akademik litseyning horijiy filalogiya yo'nalishi "Aristakratlar" guruhi 1- o’rin, tabiiy fanlar yo'nalishi "Avitsena" guruhi 2- o’rin, tabiiy fanlar yo'nalishi "Avitsena" guruhi 3- o’rinni egallashdi.G’olib guruhlarga Axborot kutubxona markazining esdalik sovg’a va faxriy yorliqlari topshirildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Chortoq tuman Axborot -kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 2024 yil 23 aprel kuni Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari M.Muminova , D.Akbarovalar tomonidan tumandagi 46- sonli ununiy o’rta ta’lim maktabning 11 sinf o’quvchilari hamda “Ziyo nur” kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokuda Maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk oʻzbek matbuotchilaridan biri Is’hoqxon Ibrat tavalludining 162 yilligi munosabati bilan “Ibrat asarlarining o’ziga hos hususiyatlari “ mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Suhbatda “Ziyo nur” klubi a’zosi Anvarova Shahzoda Ibratning hayoti va ijodi, adabiyot va san’atga ihlosi baland bo’lganligi U 1878-1886 yillari Muhammad Siddiq Tunqator madrasasida o‘qiganligi, o’sha davrlarda Qo‘qon adabiy muhitining yirik namoyandalari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Nodim, Haziniylar bilan yaqin munosabatda bo‘lganligi, adabiy mushoiralarda ishtirok etib barchaga o’rnak bo’lganligi haqida fikrini bildirdi. Axborot kutubxona markazi AKT xizmati rahbari F.Jo’raboyeva tomonidan Is’hoqxon Ibrat hayoti va ijodi yuzasidan videorolik tayyorlab ishtirokchilarga namoyish etildi.Ushbu tadbirda faol ishtirok etgan “Ziyo nur ” klub a’zosi Anvarova Shahzodani Axborot kutubxona markazining esdalik sovg’a va faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.
Joriy yilning 23 aprel kuni Chortoq tuman axborot kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash, Kitobsevar millat shiori ostidagi IV Respublika “Kitobxonlik xaftaligi ” doirasida Tumandagi Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 42 – sonli maktabda tumanimizning sevimli ijodkori Adulhamid Haydarovning “Najot nuri” kitobidan taqdimot o’tkazildi.
Tadbirga Muhammad Sharif Sufizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi mutaxassisi A.Yo’ldashev, Chortoq tuman Maʼnaviyat va maʼrifat tuman hokimligi bo’linmasi mutaxassisi O.Ibragimova,Axborot – kutubxona markazi xizmat raxbarlari E.Boboraximova, U. Tuychiyev, bibliogtafi M.Tuychiyeva va faol kitobxonlar bilan birga tumanimiz ijodkori A.Haydarov tashrif buyurishdi.
Maktabning kitobxon o’quvchilari tomonidan kitob muallifining hayoti va ijodi haqida ma’lumot berib ijodidan na’munalar keltirdilar.
Tadbirda “O’lkamiz ijodkorlari”,”Kitob – ma’naviy boyliklar durdonasi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, ko’rgazma o’lkamiz ijodkorlari, o’zbek , jahon adabiyoti, bolalar adabiyotlari bilan boyitildi.
Tadbir so’ngida eng ko’p kitob o’qigan kitobxonlarni, tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilarni Axborot kutubxona markazining esdalik sovg’a va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Chortoq tuman axborot kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash, Kitobsevar millat shiori ostidagi IV Respublika “Kitobxonlik xaftaligi ”ning 2024 yil 22 aprel kuni bo’lib o’tgan ochilish marosimni Chortoq tuman Maʼnaviyat va maʼrifat bo’linmasi raxbari F.Bahodirov ochib berdi. Tadbirga tuman xokimligi vakili, faxriy va faol kitobxonlardan R.Jo’raboyev,A.Xo’jayeva tumanimiz ijodkorlari I.Yusupov, A.Haydarovlar tashrif buyurishdi.Tuman hokimining o’rinbosari D.Xakimova so’z olib, Hozirgi kunda yurtimizda kitob bilan bog’liq masalalarga ham yetarlicha e’tibor qaratilganligi, yoshlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash uchun kitob o’qish masalasi yoshlar orasida keng targ’ib qilinmoqdaligi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” farmoyishi e’lon qilinganligi, bugun yurtimizda kitobxonlikka, xususan, yoshlarni kitob mutolaasiga rag‘batlantirish borasida tinimsiz harakat olib borilayotganligi, Tanlovlar, aksiyalar, uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlari... Bularning zamirida bitta maqsad – aholini kitobxonlikka o‘rgatish, unutilayozgan an’analarni tiklash va ilmga yo‘naltirish mujassamligi barchamizga ma’lum ekanligini tushuntirib o’tdi.Tumandagi Akademik litsey o’quvchilari va faol kitobxonlar tomonidan sherlar ijro etildi.Eng ko’p kitob o’qigan kitobxonlarni, tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilarni Axborot kutubxona markazining esdalik sovg’a va faxriy yorliqlar bilan taqdirlqndi. Axborot kutubxona markazi mutaxassisllari tomonidan “Kitob barkamol avlod tarbiyachisi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, ko’rgazma o’zbek , jahon adabiyoti, bolalar adabiyotlari bilan boyitildi.Tadbir so’ngida tumandagi maktab kutubxonachilariga AKM Fondlarni to’ldirish va saqlash,ularga ishlov berish xizmat rahbari va mutaxassisi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 sentyabrdagi 552- sonli qaroriga Axborot – kutubxona muassasalarining axborot – kutubxona fondlarini saqlash tartibi Nizomi va unicat.natlib.uz onlayn tizimida hujjatning nusxasini kiritish yuzasidan o’quv seminari o’tkazildi.
#Vatanparvarlik tadbiri Joriy yilning 19 aprel kuni tumandagi 33 maktabda “Muqaddas burch ” mavzusida harbiy vatanparvarlik tadbiri bo’lib o’tdi.Tadbirga tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassisilari tomonidan yangi olingan adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etib, o’quvchilarga adabiyotlarni targ’iboti o’tkazildi.
2024 yil 19 aprel kuni 2-sektor raxbari , tuman prokurori Abdulbosit Nurmatov tashabbusi bilan Mustaqillik maxallasida joylashgan 33-sonli umumta’lim maktabida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman madaniyat markazi, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida "Yoshlar – davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborida" shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan ko‘rgazmalar tashkil etildi. Tadbirda jajji o‘quvchi yoshlar tomonidan milliy qadriyat, urf-odat va an’analarimiz kuy va raqslarda namoyish etildi. Yoshlarning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish masalasi ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvning bosh maqsadi bo‘ldi. Tuman axborot kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan markazdagi yangi adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etilib, ko’rgazmadan 30 nafar ishtirokchi foydalandi.
#Ovozli o'qish 2024 yil 2 aprel kuni Axboprot kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari 2 aprel Xalqaro bolalar kitob kuni munosabati bilan Axborot kutubxona markazida “kitob bizni birlashtiradi” mavzusida tumandagi 17 MTM katta yoshdagi tarbiyalanuvchilariga O’zbek xalq ertaklaridan “Och bo’ri” nomli kitobdan ovozli o’qib eshittirildi.Ishtirokchilarni kitobga bo’lgan mehrini qozonish, kitobga qiziqtirish maqsadida kitob yarmarkazi tashkil etib, ota onalarga hamda farzandlariga kitobni mutolaa qilishlarini tavsiya etildi.
27 mart kuni Axborot kutubxona markazida Xalqaro teatr kuni munosabati bilan “Teatr bu ibratxonadir” nomli davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatiga tumandagi 40-8-41-53- maktabning 9-10-11 sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. AKT mutaxassisi F.Bobaxanova Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmat raxbari D.Akbarovalar so’z olib teatr Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o‘rni beqiyosligi, insonni ma’naviy jihatdan boyitishi , ijodiy qobiliyatini rivojlantirishi, ezgulik sari yetaklashi xaqida Teatr deganda, avvalambor, san’atning katta bir turini tushunishimiz, Shu bilan birga teatr - bu tomosha, spektaklning o‘zi. Tomosha ko‘rsatiladigan joy, spektakl qo‘yiladigan bino ekanligi Hech bir san’at teatr o‘rnini bosolmasligi, teatrda tomoshabin bir guruh iste’dodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda bo‘lishi Teatr san’atining turlari Bular - drama teatri, opera, balet, musiqali drama, musiqali komediya, operetta, yosh tomoshabinlar teatri, qo‘g‘irchoq teatr, radio teatr, televizion teatr, estrada teatri, xaqida o’quvchilarga tushuncha berishdi. Axborot kutubxona markazi AKT xizmat rahbari F.Jo’raboyeva tomonidan opera, balet, musiqali drama, musiqali komediya, operetta, yosh tomoshabinlar teatri, qo‘g‘irchoq teatrlaridan vidiolavha namoyish etildi.
2024 yil 27 martl kuni "To'riq" MFY hududida joylashgan Axborot - kutubxona markazida "Kitoblar olamiga sayohat"" mavzusida kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi M.G'oyibboyeva tomonidan tumandagi 20-maktab o'quvchilariga Axborot – kutubxona markazi bilan tanishtirib o'tdi. Kutubxonadagi qulaylik va sharoitlar, imkoniyatlaridan foydalanishlari to’g’risida ma'lumot berdi.
O'quvchilar kutubxona bilan tanishib, o'zlari qiziqtirgan savollariga javoblar olish bilan birga, kutubxonaga a’zo bo’lib, o’zlari yoqtirgan kitoblarini mutolaa qilishdi.
Chortoq tuman Axborot - kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan 21 mart - Navro'z bayramiga bag'ishlab “NAVRO’Z –QADIM QADRIYATLAR TAROVATI ” mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
#Davra subati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21- dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PQ-401-son qarorida 3-ilova 36- bandida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash yuzasidan To'riq MFY da joylashgan Axborot - kutubxona markazi mutaxassisi M.G'oyibboyeva tomonidan "To'riq" MFY Xarbiy shaxarcha "Serquyosh" ko'chasida yashovchi xotin - qizlar o'rtasida elimizning sevimli shoiri M.Yusuf ijodiga bag'ishlab davra souhbati o'tkazildi. Davra subati davomida shoirning "Erka kiyik" kitobidan bibliografik sharx berib o'tildi. Tadbirda kitobxonlar tomonidan shoirning ijodidan na'munalar keltirildi. Tadbir kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi.
#Seminar 2024-yil 26-fevral kuni Chortoq tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan o’lkashunoslik va bibliografik ishlar, bibliografik bilimlar va o’qish madaniyati targ`iboti amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Abu Ali ibin Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi kutubxonachisi.Tuman madaniyat markazi kutubxonasi.Namangan davlat pedagogika instituti qoshidagi ixtisoslashtirilgan 1 sonli va 2 sonli kasb xunar maktabi kutubxonachilari ishtirok etishdi.
Seminar davomida Axborot Axborot kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyish etildi.
#Uslubiy yordam 2024-yil 28-fevral sanasida Axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati rahbari E.Boborahimova tomonidan tumandagi 32- sonli maktab kutubxonachisi Usmonova Dilnozaga kutubxona faoliyati, jumladan , mavzuli va o'lkashunoslik kartotekalarni tashkil etish, kutubxona xujjatlarini yuritishga doir metodik yordam ko'rsatildi.
Joriy yilning 26 fevral kuni Axborot kutubxona markazida Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati tomonidan shoir tarjimon Chustiy ( taxallusi asl ismi- sharifi Xo’jayev Nabixon) tavalludining 120 yilligiga bag’ishlab “Yod etingiz kamtarin Chustiyni ham ” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda Axborot kutubxona markazi xizmat rahbarlari U.Tuychiyev, D.Akbarova E.Bobarahimovalar so’z olib Shoir Chustiy g’azallari g’oyat dilbarligi , beg’ubor va sof tuyg’ularga, go’zalikka oshno ekani u asosan mumtoz sheʼriyat yoʻlida ijod qilib, gʻazal, muxammas, musaddas, murabbaʼ, ruboiy, tuyuq, masnaviylar yozganligi haqida o’z fikrlarini bildirib o’tishdi. Axborot kutubxona markazi Bibliografiya xizmati mutaxassislari “Chustiy g'azaliyotidagi g'oyalar" mavzusida esdalik tayyorlab qatnashchilarga havola etishdi. AKT xizmat rahbari F.Jo’raboyeva “ Chustiy g'azaliyotidagi g'oyalar “ mavzusida videorolik tayyorlab tadbir qatnashchilariga namoyish etdi.
23 fevral kuni To'riq" MFY hududidagi Axborot kutubxona markazida 5 VZVOD harbiy qism bilan hamkorlikda Qurolli kuchlarimizning 32 yilligi munosabati bilan "Tinchligimiz tinch posbonlari" nomli davra suhbati o'tkazildi.Tadbirda xarbiy qism 5 vzvod komaqndiri Urol Bozarov so'z olib ishtirokchilarga Milliy Armiyamizni tashkil topganligiga 32 yil to'lganligi harbiy qism xodimlarini vazifalari yurtimizni tinchligini himoya qilayotgan askarlarimiz vazifa va burchlari, Armiyada xizmat o’tash har bir yigitning burchi ekanligi haqida o'z fikrini bildirdi. Axborot kutubxona markazi mutaxassisi M. G’oyibboyeva tomonidan “Dunyo tilsim –kitob uning kalitidir” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etib, ko’rgazmadan 30 nafar ishtirokchi foydalandi.
#O'quv mashg'ulot 2024 yil 15-fevral kuni Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiya va raqamlashtirish xizmati tomonidan Axborot – kutubxona markazida o’quvchi yoshlar o’rtasida turli xil dasturlarda ishlash bo’yicha o’quv mashg’ulot o’tkazildi. Mashg’ulot davomida Word dasturida ishlash bo’yicha ma’lumotlar berildi.
Joriy yilning 14 yanvar kuni tuman Axborot kutubxona markazida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Bobur kabi seving vatanni” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.Tadbirda Axborot kutubxona markazi xizmat rahbari U.Tuychiyev so’z olib, – Bobur o’zbek adabiyotida lirik janrlar rivojiga katta hissa qo’shgan hassos shoirligi, Bobur she`riyatida ona yurtga muhabbat, vatanni qo’msash, motivlari katta o’rin egallashi haqida uning olib borgan siyosati, ayniqsa Boburnoma asari haqida alohida to’htalib o’tdi. IIB xodimi Sayfiddinov Sardor so’zga chiqib Boburning “Boburnoma”. “Bobur yo’lbars”. “Avlodlar dovoni” kabi asarlarini mazmun mohiyatini keng yoritib berdi. Tadbir davomida AKT xizmati rahbai F.Jo'raboyeva tomonidan “Bobur –devoni dunyo kezadi” mavzusida video namoyish etildi. Axborot kutubxona markazi Bibliografiya xizmat rahbari tomonidan “Buyuk sarkarda va shoir” mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.
2024 yilning 13 fevral kuni Axborot kutubxona markazida tumandagi 46 –sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda O‘zbek klassik adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, o‘zbek adabiy tili va adabiyotining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan iste’dodli olim va o‘ta ziyoli inson, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Bobur – adolatli shoh va buyuk shoir” mavzusidagi adabiy kecha o’tkazildi. Tadbirda 46- sonli umumiy o’rta talim maktabining 4-8-9 sinf o’quvchilari, 40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 4 – sinf o’quvchilari, “Ziyo nur ” klub a’zolari ishtirok etishdi. 46 sonli maktab o’quvchilari tomonidan dilrabo raqs, Bobur g’azallari, sahna ko’rinishlari, 40 –sonli maktab o’quvchilarining yod olgan ruboiylari, “Ziyo nur” klub a’zolarining aytilgan Bobur ruboiylari ishtirokchilar qalbidan joy oldi. Axborot kutubxona markazi xizmat rahbari U.Tuychiyev tomonidan Z.M.Bobur hayoti va ijodiga tuzilgan savollarga o’quvchilar topqirlik bilan javoblar berishdi. AKT xizmati mutaxassislari tomonidan Z.M.Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan vedio lavhalar namoyish etildi.
2024 yil 12- yanvar kuni Axborot kutubxona markazida 14 yanvar “Vatan himoyachilari” kuning 32- yilligi munosabati bilan “O’zbekning mard o’g’lonlari” mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil etildi, ko’rgazma 22 nomdagi adabiyotlar hamda "Tinchligimiz chin posponlari" mavzusida tayyorlagan tavsiya ro'yxatlari bilan boyitildi.
2024 yil 12yanvar kuni "To'riq" MFY hududidagi Axborot kutubxona markazida 5 VZVOD xarbiy qism bilan hamkorlikda 14 yanvar Vatan himoyachilari kunining 32 yilligi munosabati bilan "Vatanimiz qalqonlari" nomli davra suhbati o'tkazildi.Tadbirda xarbiy qism zam poleti Abduhodiyev Olloxyor so'z olib ishtirokchilarga Milliy Armiyamizni tashkil topganligiga 32 yil to'lganligi xarbiy qism xodimlarini vazifalari yurtimizni tinchligini himoya qilayotgan askarlarimiz vazifa va burchlari haqida o'z fikrini bildirdi..
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Oʻzbekiston_uchun
✍️ Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Chortoq tuman boʻlinmasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati Axborot-kutubxona markazi Chortoq tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorligida "Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun" shiori ostida "EKSPRRSS KUTUBXONA" tashkil etildi.
✅Viloyatlar markazi, poytaxtdagi kitob do'konlarining imkoniyati ancha keng, kutubxonalar ko'p. Chekka-chekka hududlarda yashaydigan aholi esa o'zining bu boradagi ehtiyojini hamisha ham qondira olmaydi. Shu ma'noda, mamlakatimizning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida aholi o'rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir ustuvor vazifalar belgilangani bejiz emas. Prezidentimiz har bir chiqishida yoki joylarda o'tkazilayotgan aholi vakillari bilan uchrashuvlarida ham kitob va kitobxonlik, mutolaa madaniyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratadi.
✅Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, uning joylardagi bo'limlari tomonidan bu borada olib borilayotgan xayrli ishlar odamlar dunyoqarashini o'zgartirayotgani bilan ahamiyatli. Xususan, mahallalarda tashkil etilayotgan kitob yarmarkalari, kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar kitob hech bir zamonda o'z ahamiyatini yo'qotmasligini isbotlayapti. Markaz tashabbusi asosida hayotga tatbiq etilayotgan “ekspress kutubxona” loyihasi esa kitobxonlarning ham vaqti, ham naqdini tejayapti. Kutubxona vazifasini o'tovchi mashinaga ortilgan kitoblar orasidan o'ziga yoqqanini to'liq o'qib chiqishi uchun fuqaro tuman kutubxonasiga shu erning o'zida a'zo qilinadi. Uning uy manzili, telefon raqamlarini aniq yozib olish esa kitobning qaytarilishini ta'minlaydi.
✅Xususan, Chortoq tumanida “ekspress kutubxona” loyihasi bilan bir paytda Namangan viloyat hokimligining “Mahallaga kitob ulash!” loyihasi doirasida “Qadrdon mahallamga kitob sovg'a qilaman” chellenji ham amalga oshirilmoqda. Aytish kerakki, chellenj ko'pchilikda xayrixohlik uyg'otmoqda. Tuman ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi Ilhomjon Sattarov boshchiligida amalga oshirilayotgan bu tashabbus — rahbar xodim, tadbirkor, umuman, har bir xonadon sohibi o'zi o'qib bo'lgan va yangi kitoblar jamlanmasini yashab turgan mahalla kutubxonasiga taqdim etishi orqali odamlarga ma'rifat ulashishdek olijanob maqsadlarni ko'zda tutadi. Shuningdek, mazkur loyiha yordamida har bir mahallada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, odamlarning ma'naviyati yuksalishiga hissa qo'shish va kutubxonalarni nodir adabiyot namunalari bilan boyitishga erishiladi.
✅“Ekspress kutubxona”da kitoblar aholi ehtiyojlarini o'rgangan holda etkaziladi, asosan, yangi nashrlarga e'tibor qaratiladi. Xususan, “Boʻlon” "Tengdosh" "Navbahor" "Iftixor" MFYda istiqomat qiluvchi aholi turli adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, o'ziga kerakli kitoblarni topa olgani, mahallada turib, tuman kutubxonasiga a'zo bo'lgani uchun “ekspress kutubxona” tashabbuskorlariga minnatdorlik bildirgani so'zimiz isbotidir.
2024 yil 9 yanvar kuni tuman axborot kutubxona markazida tumanimizning ziyoli otinoyolari ishtirokida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida suhbat o’tkazildi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Chortoq tuman boʻlinmasi rahbari Fayzullo Bahodirov Tuman bosh otin oyisi Xoʻjayeva Ashuraxon xoji ona hamda Dilbar Xaydarova ishtirok etishdi. Tadbir yakunida Otinoyilar kutubxonaga tashrif buyurishdi. Axborot kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga badiiy va ilmiy adabiyotlar tavsiya etilib, qatnashchilarni kitobxonlikka jalb etildi
2024 yil 5 yanvar kuni tuman Axborot kutubxona markazida tumandagi faol targ’ibotchi, ijodkor, mehnat faxriylari hamda ziyoli pedagok ayollar ishtirokida 2024 yil davomida “Kitobxon onalar kuni”ni o’tkazish yuzasidan davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda 35 nafar targ’ibotchi ayollar ishtirok etdi.
Chortoq tuman Axborot - kutubxona markazida “Biz bir bo’lsak- yagona xalqmiz, birlashsak- Vatanmiz” g’oyasi asosida “Ma’naviyat ma’rafoni” doirasida Axborot kutubxona markazida “Kitob ma’naviyat sarchashmasi” mavzusida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirga tumandagi umumta’lim maktablarining ma’naviyat va ma’rifat targ’ibotchilari tashrif buyurishdi. Tadbirni Axborot – kutubxoma markazi direktori Sobirjon Nasriddinov ochib berdi va kutubxonada foydalanuvchilar uchun yaratilgan barcha shart- sharoitlar, kutubxananing xizmat turlari, o’quvchi yoshlar uchun tashkil etilgan turli xil to’garaklar faoliyati bilan barcha yigi’ganlarni tanishtirib o’tdi.
2023 yil 6 noyabr kuni Chortoq tuman Axborot kutubxona markazida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludiga bag‘ishlangan «Sharof Rashidov — davlat va jamoat arbobi» mavzuida ilmiy-ma'rifiy tadbir o’tkazikdi.
Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Chortoq tuman bo’limi boshlig’I Fayzullo Bahodirov, Axborot kutubxona markazi direktori Sobirjon Nasriddinovlar so’z chiqib
Sharof Rashidovning respublikamizni juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarishdagi beqiyos salohiyati, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona mehnati, milliy adabiyotimiz rivojidagi yorqin ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida o’quvcilar Sharof Rashidov qishloq xo‘jaligining yuksak marralarga ko‘targani, cho‘l hududlarining o‘zlashtirgan, magistral yo‘llar, Toshkent metrosining qurilishi, zilziladan katta talafot ko‘rgan poytaxtning qayta tiklanishida o‘zining munosib hissasini qo‘shganligi xaqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Uni davlat arbobi sifatida avlodlar xotirasida mangu yashashi, uning yozuvchi sifatida qoldirgan adabiy merosi yosh avlodni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi anglab etishdi.
Ajdodlarga munosib avlod bo’laylik.
2023 yil 30 oktyabr kuni Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iqtisodiyot fanlar doktori, professor, yozuvchi va shoir Abdumannop Egamberdiyev tavalludining 95 yilligiga bag’ishlab “El ardog’idagi fidoiy inson” mavzusida davra suxbati o’tkazildi. Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Chortoq tuman bo’limi boshlig’I Fayzullo Bahodirov so’z olib Abdumannop Egamberdiyev hayoti va faoliyati, insiniy fazilatlari va u bilan bo’liq yorqin xotiralar xususida batafsil so’z yurib o’tdi. Shundan so’ng tuman xokimining ma’naviy –ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili qonun xujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha maslaxatchisi Azizbek Xakimov, Axborot kutubxona markazi direktori Sobirjon Nasriddinovlar so’zga chiqib, Abdumannop Egamberdiyevning “Sariq ajdar hamlasi” va boshqa asarlari bilan barcha yig’ilganlarni tanishtirib o’tish bilan birga, ularni kitob o’qishga chorlash bilan birga kitobxonlikni afzalliklari xususida tushuncha berib o’tishdi.
2023 yilning 27 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan Chortoq tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" ning 2-mavsumi doirasida Axborot kutubxona markazida “Yosh kitobxon” tanlovini tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Tadbir Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Chortoq tuman bo’linmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’linmasi, Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi xamkorlikda o’tkazildi. Tanlov 10-14, 15-19, 20-30 yoshgacha bo’lgan kitobxonlar o’rtasida bo’lib o’tdi
Tanlov yakuniga ko'ra:
10-14 yosh toifasida “Tinchlik” MFY 1- maktab o’quvchisi Sobirov Abdulazizi
15-19 yosh toifasida Lutfiddinova Shahzoda
20-30 yosh toifasida Jo’raboyeva Gulinavuz go'liblikni qo'lga kiritishdi hamda tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. Yosh kitobxonlarimizga keyingi bosqichlarda ham omad tilaymiz.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassis M.G’oyibboyeva tomonidan tumandagi “Bog’iston” MFY xududida yashovchi Razzaqova Zarifa xonadoniga xamda “Baliqko’l ” MFY hududida yashovchi Buvaxo’jayev Isroillar xonadoniga tashrif buyurib “Tarbiya kitobi”, “Bolalarga gap uqtirish sana’ti”, “Odoblar xazinasi” nomli kitoblar yuzasidan oila davrasida suxbat o’tkazdi. M.G’oyibboyeva “Oilada sog’lom muxit yaratish”, “Kitobning farzand tarbiyasidagi o’rni”, “Farzandimga kitob sovg’a qilaman”, mavzularida ma’ruza qildi. Shuningdek oilada farzandlarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida turli mazmundagi adabiyotlarni mutoola qilish tavsiya etildi.
17 oktyabr kuni Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitobxonlar o’rtasida “Turkiy adabiyot durdonalari ” deb nomldngan 100 jildlik kitoblar o’rnidan joy olgan Sharq mumtoz sheriyati , dunyo badiiy tafakkurining buyuk namoyondasi Shayx Nizomiy Ganjaviy asari yuzasidan o’quvchilar o’rtasida davra suxbati o’tkazildi. Ishtirokchilar adibning asari bilan tanishibgina qolmay, uning yoshlikdan matematika va astranomiyaga juda qiziqqanligi uning ijodi lirik sherlar yozish bilan boshlanganligi asarlari sharq klassiklari ijodida rivoj topib sayqallangan insonparvarlik g’oyasi yuqori bosqichga ko’tarilganligi xaqidagi tushunchaga ega bo’lishdi
2023 yil 16 Oktyabr kuni Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ziyo nur” klubi a’zolari ishtirokida kitobxonlar o’rtasida Fransuz adibi Jyul Vernning “O’n besh yoshli kapitan” asari yuzasidan davra suxbati o’tkazildi. Tadbirda tumandagi 15 maktabning 9 sinf o’quvchisi Qutmanbekova Mexrinigor xamda “Ziyo nur” klub a’zosi Anvarova Shaxzodalar so’z olib, asarning mazmun moxiyati xaqida o’z fikrlarini bildirishdi. Tadbir so’nggida ishtirokchilarga Jyul Vernning “O’n besh yoshli kapitan” asari mutolaa qilish tavsiya etildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona – markazida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Kitobxon onalar” kuni tadbirda shoira Sayyora To’ychiyeva bilan bo’lan uchrashuvda ZOOM platformasi orqali AKM xodimlari, talaba va o’quvchi qizlar ishtirok etdi.
Chortoq tuman Axborot markazida Abdulla Qodiriynining “Mehrobdan chayon” kitobi yuzasidan savol- javob kechasi o’tkazildi. Tadbirda Axborot kutubxona markazining bibliografiya xizmat raxbari E. Boborahimova kitob yuzasidan qisqacha ma’lumot keltirildi. Tadbirga yig’ilgan o’quvchilar kitob xaqida bilimlarini savol – javob orqali sinovdan o’tkazishdi. Ayniqsa faol kitobxonlardan Lutfullayeva Sarvinozni bilimdonligi barchani e’tirofiga sazovor bo’ldi.
#Мустақиллигимизнинг 32 йиллигига бағишлаб “Янги ҳаёт учун, Янги Ўзбекистон учун!” шиори остида "Маънавият фестивали" Чортоқ туманида ҳам юксак уюшқоқликда ташкил этилди. Тадбирга туман ахборот – кутубхона маркази ходимлари томонидан янги адабиётлар юзасидан китоб ярмаркаси ташкил этилиб, йиғилганларга хавола этилди.
Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazida buyuk alloma Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan IX asrda hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritgan, butun islom dunyosidagi eng nufuzli xadis ilmini etakchisi deb tan olingan alloma Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” kitobi yuzasidan bibliografik sharx o’tkazildi. Tadbirda o’quvchilar ma’naviyat targ’ibotchilari ishtirok etishdi. Axborot kutubxona markazining abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmat raxbari D. Akbarova kitobning mazmun mohiyati bilan yig’ilganlarn tanishtirib o’tdi.
Chortoq tuman Axborot- kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan Axborot- kutubxona markazida o’quvchi yoshlar o’rtasida “Kompyuterdan to’g’ri foydalanish, internet sahifalaridan foydalanish tartibi” mavzusida o’quv mashg’ulot o’tkazildi. Dars masahg’ulotini AKT mutaxassisi Feruza Jo’raboyeva olib bordi.
2023 yil 28 iyul Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Chortoq tuman bo’linmasi hamkorlikda o’quvchi yoshlar o’rtasida Amur Temurning hayoti va faoliyatini o’rganish maqsadida Axborot – kutubxona markazida “Amur Temurni anglash” mavzusida munozarali kecha o’tkazildi. Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Chortoq tuman bo’linmasi raxbari F. Baxodirov, AKM direktori S. Nasriddinov, AKM xizmat raxbari U, To’ychiyevlar so’zga chiqib Amur Temurni bosib o’tgan ma’naviy va xarbiy hayoti yuzasidan ma’ruza qildilar. Tadbirda ishtirok etgan o’quvchilar Amur Temurni boy manaviy merosi bo’yicha baxs va munozaralar olib borishdi.
Chortoq tuman Axborot - kutubxona markaziga tumandagi 44- maktabning "Yosh targ'ibotchi" grux a'zolari ishtirokida ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiyada 44- maktabning targ'ibotchisi E. Sharipova, Axborot bibliografiya xizmati raxbari E. Boborahimovalar oquvchilarga AKM faoliyati va foydalanuvchilar uchun kutubxonada yaratilgan qlay sharoitlar, yangi adabiyotlarni tanishtirib o'tildi.
Chortoq tuman Axborot- kutubxona markazi abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi M. Zaylabova tomonidan "Navbaxor" MFY "Fuzuliy" ko'chasida yashovchi 2- gurux nogironi Nasriddinova Madinaga kitob eltuvchilik orqali kutubxona xizmati ko'rsatildi
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassisi M. G'oyibboyeva tomonidan "To'riq" MFY xududidagi 20- maktabning imkoniyati cheklangan 8- sinf o'quvchisi Abdukarimova E'zozaga kutubxona xizmati ko'rsatildi. Shuningdek kitobxonni qiziqish hoxishi va yoshiga qarab adabiyotlar tavsiya etildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazida tumandagi Yoshlar etakchilari o'rtasida 5 muhim tashabbus olimpiadasi yuzasidan seminar o'tkazildi. Tadbirda Axborot kutubxona markazi bibliografiya xizmat raxbari E. Boborahimova so'zga chiqib, axborot kutubxona markazida foydalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirib o'tdi. Shuningdek "Yosh kitobxon" tanlovida maxallalardagi yoshlarni ishtirok etishni taysiya etdi.. Tanlov shartlarini o'qib eshitirdi.
CHortoq tuman Axborot kutubhona markazi mutaxassisi M. Zaylabova tomonidan Koroskon shaxarchasi Fizuliy kuchasida yashovchi 1-maktabning 6- snif o'quvchis i 2- guruh nogironi Ohundedayeva Dilshodaga kitob eltib berish orqali kutubxona hizmati ko’rsatildi
Axborot kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari M.Mo’minova va D. Akbarova xamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Chortoq tuman bo'limi raxbari X. Xakimov tomonidan tumandagi 19- sonli maktab o’situvchilari o’suvchilari o’rtasida Axborot kutubxona markazidagi yangi adabiyotlar yuzasidan kitob targ’iboti o’tkazildi
14 sentyabr kuni Chortoq tuman Axborot- kutubxona markazi abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmat raxbari D. Akbarova tumandagi "O'zbekiston" MFY "O'zbekiston" ko'chasi 118 yuda yoshovchi 43- maktab o'quvchusi imkoniyati cheklangan Dedamirzayev O'tkirbekka kitob eltuvchilik orqali kutubxona xizmati ko'rsatildi.
27 сентябр туризм куни муносабати билан Ахборот кутубхона марказининг Ахборот библиография хизмати мутаахассислари томонидан Султон Увайс Кароний зиёратгохига саёҳат уюштирилди.
Chortoq tuman Axborot- kutubxona markazi abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmat raxbari D. Akbarova tomonidan tumandagi "Sohibkor" MFY da yoshovchi 43- maktab targ'ibotchisi Abdumo'minova Sadoqatga kutubxona xizmati ko'rsatildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida joriy yilning 5-oktyabr kuni navbatdagi metodik to‘garak zoom platformasi orqali (online va offline) tarzda o‘tkazildi.
Kataloglashtirish va tizimlashtirish xizmatining “Axborot-kutubxona resurslarini mashinada o‘qiladigan UZMARC formati asosida kataloglashtirish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot kutubxona markazi fondlarni saqlash, to'ldirish va ularga ishlov berish xizmati mutaxassislari ishtirok etdi.
5 oktyabr kuni Chortoq tuman Axborot- kutubxona markazi abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmat tomonidan tumandagi "Koroskon" MFY 'Kamolot' ko’chasida yoshovchi 1988 yilda to’g’ilgan 2 grux nogironi To’raboeva Gulchehraga kutubxona xizmati ko'rsatildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish mutaxassisi M. Zaylabova tomonidan tumandagi "Sarkor" MFY da yashovchi 2- gurux nogironi Muhammadjanova Shaxnozaga kitob eltuvchilik orqali kutubxona xizmati ko'rsatildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markaziga tumandagi 41 maktabning 5- sinf o'quvchilari va ijodiy madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi A. Abdullamutov, onatili va adabiyot o'qituvchisi L. G'oziyevalar o'quvchilari bilan sayoxat uyushtirishdi. Tadbirda kutubxonada o'quvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Axborot kommunikatsiya xizmati, bibliografiya xizmati, o'quv zallardagi barcha qulayliklar bilan AKM mutaxassislari M. To'ychiyeva, D. Akbarovalar tanishtirib o'tdilar.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari M, Mo'minova, D, Akbarovalar tumandagi "O'zbekiston" MFY R. Mehmanov k'o'chasi 4 uyda yashovchi imkoniyati cheklangan Turg'unov Alishega kitob eltuvchilik xizmati orqali kutubxona xizmati ko'rsatildi.
Chortoq tuman Madaniyat markazida 21 – oktyabr O’bek tiliga Davlat tili maqomi derilgan kuniga bag'islab "Qadring baland bo'lsin ONA TILIM” shiori ostida tadbir o'tkazildi. Tadbirda tuman axborot kutubxona markazi tomonidan "Til millat ko'zgusi" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etilib, ko’rgazmadagi adabiyotlarni barcha yig’ilganlarga havola etildi. Shuningdek tadbirda tumanimiz ijdkorlaridan B.Mirzo, N.Dehqanov, faxriy o'qituvchi R.Jo'raboev, xalq ta'limi bo'limi mudiri F.Boxodirov so’zga chiqib, ona tilimizning huquqiy bilimlarni ifodalashdagi imkoniyatlari naqadar kengligi, go’zal va boyligi haqida ma’ruza qilishdi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi hamda Chortoq tuman Xalq ta’limi bo'limiga qarashli Ixtisoslashtirilgan 53 – umumiy o’rta ta’lim maktab kutubxonachisi Karimova Dilfuza, 40 - maktab kutubxonachisi R.Qahharovalar hamkorligida maktab o’quvchilari bilan Axborot kutubxona markaziga sayohat uyushtirildi. O'quvchilar kutubxona bilan tanishib, o'zlari qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Ular o'zlari sevib yod olgan she'rlaridan aytib berishdi va yoqtirgan kitoblarini mutolaa qilishdi.
Axborot kutubxona markazining Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan Axborot kutubxona markazida o’quvchi yoshlar o’rtasida “ Kompyuterda Word va Excel dasturlarida ishlash” mavzusida o’tkaziladigan kompyuter savodxonligi bo’yicha o’quv mashg’uloti.
Chortoq tuman Axborot- kutubxona markazida Abnomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan kutubxona o`quv zalida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI doirasida “Yoshlar yuksaladi vatanda ” mavzusida yosh ijodkorlar bilan uchrashuv hamda “ Yosh kitobxon“ tanlovi o’tkazildi. Tanlov 10-14,15-19, 20-30 yosh kitobxonlar o’rtasida tuman bosqichi o’tkazildi. Tanlovda ishtirok etib g’olib bo’lgan o’quvchilar viloyat bosqichida ishtirok etishga erishishdi.Tadbirga Axborot kutubxona xizmati mutaxassislari tomonidan “Yangi adabiyotlar chorlar sizni” mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, ko’rgazma 120 nomdagi adabiyotlar bilan boyitildi.Ishtirok etdi 130 nafar o’quvchi.
3 noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI doirasida Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi kutubxonasiga Xalq ta’limi bo'limga qarashli ixtososlashtirilgan 53 – umumiy o’rta ta’lim maktabning oqituvchisi G.G’ofurova 2 –V sinf o’quvchilari bilan sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida Axborot kutubxona markazi mutaxassislari M. Tuychieva, F. Jo’raboevalar tomonidan kutubxonada foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, imkoniyatlaridan foydalanishlari to’g’risida tanishtirib o'tdilar. Sayohat ishtirokchilari o’rtasida “Ertaklar yaxshilikka etaklar” mavzusida bibliografik sharx o’tkazildi. O'quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga yoqtirgan kitoblarini mutolaa qilishdi va kutubxonaga a'zo bo'lishdi.
“INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI doirasida 2022 yil 4 noyabr kuni Chortoq tuman AKM ning Axborot bibliografiya xizmati bibliografi M.Tuychieva tomonidan "O'qing yangi adbiyotlar" mavzusida kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlardan bibliografik sharx o'tkazildi
Chortoq tuman AKM mutaxassisi D. Akbarova tomonidan tumandagi O'zbekiston MFY xududida yashovchi ijtimoiy ximoyaga muxtoj Abduraximov O'tkirbekka kitob eltuvchanlik amalga oshirilib kitobxonlik xizmati ko'rsatildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markaziga Xalq ta’limi bo'limga qarashli 51 – umumiy o’rta ta’lim maktabning kutubxonachisi Mashrabboeva Gulbahor 4 – sinf o’quvchilari bilan sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida Axborot kutubxona markazi mutaxassislari M. Tuychieva, M.Abdullaevalar tomonidan kutubxonada foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, imkoniyatlaridan foydalanishlari to’g’risida tanishtirib o'tdilar. Sayohat ishtirokchilari o’rtasida "O'qing yangi adabiyotlar" nomli ko'rgazma oldida bibliografik sharx o’tkazildi. O'quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga yoqtirgan kitoblarini mutolaa qilishdi va kutubxonaga a'zo bo'lishdi.
Chortoq tuma Axborot kutubxona markazida oʻzbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri, Usmon Nosirning 110 yilligi munosabati bilan “Unutmas meni bog’im” mavzusida mavzuli kecha o’tkazildi. O’quvchi yoshlar o’rtasida o’tkazilgan tadbirda U. Nosir hayoti va ijodiga to’xnalib o’tildi. O’quvchilar shoirni she’rlaridan na’munalar keltirib o’tishdi.
Chortoq tuma Axborot kutubxona markazida oʻzbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri, Usmon Nosirning 110 yilligi munosabati bilan “Unutmas meni bog’im” mavzusida suxbat o’tkazildi. O’quvchi yoshlar o’rtasida o’tkazilgan tadbirda U. Nosir hayoti va ijodiga to’xnalib o’tildi.
12 noyabr kuni tuman Madaniyat markazida o’zbek xalqining sevimli shoiri Usmon Nosirning 110 yilligi munosabati bilan tadbir o’tkazildi.Tadbirga tumanimiz ijodkorlari Nosir Abbos, Boqiy Mirzo Umurzaqov, Faxriy o’qituvchilar Raximjon Jo’raboyev, Manzura Otaquziyevalar tashrif buyurishdi.Tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassislari M.Muminova va M.Tuychiyevalar tomonidan “Unutmas meni bog’im” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, ko’rgazma 50 nomdagi adabiyot bilan boyitildi.
25 noyabr kuni Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi hamda Chortoq tuman ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi xamkorlikda "Eng faol kitobxon" tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlov xakamlar ha'yati tomonidan holis baholanib borildi. Tanlov 3 shart asosida bo'lib o'tdi. 1-shart ishtirokchi o'zini tanishtirish, 2-shart bilet savollariga javob berish, 3 shart erkin mavzulardan iborat bo'ldi. Tanlov g'oliblarini tuman ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasining esdalik sovg'lari bilan taqdirlandilar. Tanlovda tuman Axborot kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari E.Boborahimova va O'zKOJ tuman bo'linmasi raisi M.Burxanovalar boshchiligida tashkil etildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazining Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan o'quvchi yoshlar o'rtasida kompyuter savodxonligi to'garagi o'tkazilmoqda.
Axborot kutubxona markazi direktori S.Nasriddinov, Axborot bibliografiya xizmati bibliografi M.Tuychievalar tomonidan Tumandagi 53-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktabining kutubxonachisi D.Karimovaga kutubxona xujjatlarini yuritishda amaliy yordam ko'rsatildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi Chortoq tuman bo’limi bilan hamkorlikda “Yosh kitobxon” tanlovi o’tkazildi. Buyuk mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlari, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida o'tkazilgan tanlovda ishtirokchilar 2-ta shart bo'yicha bellashdilar. 1- shart adiblar hayoti va ijodi yuzasidan tezkor savollarga javoblar, 2- shart O’zbek adabiyoti bilimdoni shartlari bo’yicha xududlardan tashrif buyurgan kitobxonlar o’zaro bellashdilar. Tanlov g’oliblariga turli naminatsiyalar berildi. Unga ko’ra “Hayrli” MFY vakili To’raxanova Shoxsanamga “Eng zukko kitobxon”, “Nurafshon” MFY dan Abdunabiyeva Tabassumga “Ebg faol kitobxon” , “Keskanyor” MFY dan Abdullayeva Gulbahorga “Eng bilimdon kitobxon” , “Tinchlik” MFY dan Sobirov Abdulazizga “Yosh kitobxon”, “Bog’” MFY dan Axmedova Shaxzodaga “Iste’dodli kitobxon”, “Gulshan” MFY dan Rahimjanova Mashxuraga “Tashabbuskor kitobxon”, “Keskanyor” MFY dan Kamalova Nilufarga “Targ’ibotchi kitobxon” naminatsiyalari berildi. Tanlovda faol ishtirok etgan kitobxonlarga Yoshlar ishlari agentligi Chortoq tuman bo’limi tomonidan estalik sovg’alari topshirildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxoma markazi hamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Chortoq tuman bo'limi bilan hamkorlikda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munasabati bilan "Vatan himoyasi muqaddas burch" mavzusida davra suxbati o'tkazildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan tumandagi “Nurafshon” MFY xotin -qizlarini Axborot kutubxona markaziga jalb etib, AKM ga yangi olingan adabiyotlar bilan tanishtirib, ularning yoshlari va qiziqishlariga qarab adabiyotlar tavsiya etildi. Kutubxonaga a’zo qilindi.
AKM ning Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtiorish xizmati tomonidan tayyorlangan “Yangi adabiyotlar sizni kutmoqda” deb nomlangan videoroligi namoish etil. Tadbirda AKM bibliografiya xizmat raxbari E. Boboraximova kutubxonada foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar xaqida ma’ruza qilib o’tdi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassisi M. Zaylabova tomonidan tumandagi “Istiqlol” MFY aholisi ayal- qizlari o’rtasida kitob targ’iboti tadbiri o’tkazildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassisi M. Zaylabova tomonidan tumandagi "Istiqlol" MFY xududida yashovchi imkoniyati cheklangan Narzullayev Baxtiyor xonadaniga tashrif buyurib, mutolaa uchun adabiyotlar tavsiya etilib. Kutubxonaga a'zo qilindi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan Axborot kutubxona markaziga xotin-qizlar o'rtasida sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida Axborot bibliografiya xizmati raxbari E.Boboraximova tomonidan kutubxonadagi qulayliklar, imkoniyatlar va ulardan foydalanish tartib qoidalari haqida sayohatchilarga tanishtirib o'tildi.
Shayohat davomida yangi adabiyotlarni tanishtirib kitob mutoolasi qilishga tavsiya etildi.
Chortoq Tuman Axborot kutubxona markazi axborot bibliografiya xizmati raxbari E.Boboraximova tomonidan tuman Madaniyat va turizm bo'limining kutubxonachisi Inamova Saidaga fondlarni joylashtirish, kutubxona xujjatlariini yuritish, vaqtli matbuotda yoritilgan maqolalar kartotekasini yuritish, ko’rgazmalar faoliyatini qanday va qaysi mavzularda tashkil etish muximligi xusisida maslaxatlar berib, amaliy va uslubiy yordam ko'rsatildi.
Chortoq Tuman Axborot kutubxona markazi axborot bibliografiya xizmati raxbari E.Boboraximova tomonidan Chortoq tuman ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi kutubxonachisi Nishanov Abdulhamidga uslubiy yordam ko’rsatildi. Uslibiy yordam jarayonida kutubxonani umumiy ish faoliyatni organib, kutubxona xujjatlariini yuritish, ommaviy tadbirlarga rejalar tuzish, ko’rgazmalar faoliyatini tashkil etish bo’yicha tegishli maslaxatlar berildi.
Chortoq tuman Axborot - kutubxona markazI mutaxassisi M. Zaylabova tomonidan tumandagi “Navruz” MFY Kongil ko’chasida yashovchi 2- gurux nogironi Abduraimov Abduvaliga kitob eltuvchilik orqali kutubxona xizmati ko’rsatildi. Kutubxonaga a’zo qilindi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi mutaxassisi M.Muminova tomonidan “Turkiston” MFY Turkiston ko’cha 9 uyda yashovchi ijtimoiy ximoyaga muxtoj Qo’chqarova Oydinaga Axborot kutubxona markazidagi mavjud badiiy adbiyotlardan tavsiya etib kitob eltuvchanlik orqali kutubxonaga jalb etildi.
Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiya va raqamlashtirish xizmati raxbari M. Abdullayeva hamda Axborot bibliografiya xizmati mutaxissisi M. To’ychiyeva tomonidan tumandagi maktabacha ta’lim muassasi tarbiyachilari o’rtasida Axborot- kutubxona markazining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari xaqida hamda AKM ga obuna bo’lingan matbuot nashirlari bilan tanishtirib o’quv mashg’ulot o’tkazildi.
Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiya va raqamlashtirish xizmati raxbari M. Abdullayeva o'quvchi yoshlar o'rtasida kompyuter to'garagi mashg'uloti o'tkazdi.
Chortoq tuman Axborot - kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati tomonidan tumandagi Oilaviy nodavlar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari kutubxonaga sayoxat uyushtirildi. Sayoxat davomida tarbiyachilar o’rtasida Axborot – kutubxona markaziga kelgan yangi adabiyotlardan “O’qing yangi adabiyotlar” mavzusida bibliografik sharx o'tkazildi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Олам ва одам дин ва илм” kitobi yig’ilganlarda katta ta’surot qoldirdi.
1 fevral kuni Chortoq Tuman Axborot kutubxona markazi axborot bibliografiya xizmati raxbari E.Boboraximova tomonidan umumiy faoliyatni o’rganish va taklif- tavsiyalar berish maqsadida Chortoq tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 50- maktabining kutubxonachisi Isaboeva Xabibaga uslubiy yordam ko’rsatildi. Uslibiy yordam jarayonida kutubxonani ish faoliyatni, ish xujjatlariini yuritish, ommaviy tadbirlarga rejalar tuzish, ko’rgazmalar tashkil etish bo’yicha tegishli maslaxatlar berildi.
Chortoq tuman Axborot -kutubxona markazining Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan o’quvchi yoshlar o’rtasida kompyuter savodxonligi to’garagi mashg’uloti o’tkazildi. Mshg’ulotda F. Jo’raboyeva tomonidan o’quvchilarga texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, vord dasturida ishlash o’rgatildi.
Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Navioy asarlari – ma’naviyat quyoshi” mavzusida adbiy kecha o’tkazildi. Tadbirda tumandagi 44 – maktabning 6- sinf o’quvchilari tomonidan Nayoiy gazal va ruboiylaridan na’munalar keltirildi. Asarlari yuzasidan saxna ko’rinishi ijro etildi. Faxriy ustoz Jo’raxon Raximov so’zga chiqib Navoiy ma’naviy me’rosi, asarlari to’g’risida ma’ruza qildi.
Shu kuni AKM Axborot bibliografiya xizmat raxbari E. Boboraximova tomonidan "Navoiy mangu barhayot" nomli ko'rgazma tashkil etilib, ko'rgazmaga qo'yilgan adabiyotlarni o'quvchilarga sharxlab o'tildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazining Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan o’quvchi yoshlar o’rtasida kompyuter savodxonligi bo'yicha o’quv mashg’ulot o'tkazildi.
Axborot kutubxona markazining Axborot - bibliografiya xizmati raxbari E. Boborahimova tomonidan Beruniy hayoti va ijodini o'quvchi yoshlarga keng singdirish maqsadida kitob ko'rgazma tashkil etildi.
Axborot - kutubxona markazida AKMning eng yosh kitobxonlari ishtirokida "Shoh va shoir" mavzusida tayyorlangan Chellenj
Tuman madaniyat markazida Buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag’ishlab “Buyuk davlat arbobiga ehtirom” mavzusida adabiy badiiy kecha o’tkazildi. Tadbirga Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitob ko’rgaza tashkil etilib, ko’rgazmadagi adabiyotlarni barcha yig’ilganlarga havola etildi.
#Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazi, tuman madaniyat markazi, tuman xokimligi xamkorlikda Chortoq tumaning sevimli ijodkorlaridan biri Nosir Abbos 60 yilligiga bag’ishlab “Ko’zni ochib boriladi Vatanga” mavzusida adabiy musiqali kecha o’tkazildi. Tadbirni shoir Boqiy Mirzo ochib berdi va olib bordi.
Tadbirda tuman xokimi Anvarjon Otaxo’djayev, Rustamjon Ummatov, Z. Mansur, Dilbar Haydarova, I. Yusupov va bir qator shoir va yozuvchilar, ijodkorlar, shoirning do’stlari va yaqinlari so’zga chiqib N. Abbosni tabriklab ijodiga omad tilashdi.
Xushovoz xonanda A. Boltaboev, U. Ro’zievlar ijrosida dilrabo qo’shiqlar ijro etildi.
Tadbirda Axborot – kutubxona markazi xodimlari tomonidan Nosir Abbos ijodini aks ettiruvchi kitob ko’rgazmasi, hayoti va faoliyati, ijodini ochib beruvchi slayd tayyorlab barcha yig’ilganlarga havola etildi.
Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazi hamda tumandagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi bilan hamkorlikda "Yosh kitobxon" ko'rik tanlov o'tkazildi. Tadbirda texnikumning 1- kurs talabalari ishtirok etdilar. Ko’rik tanlovni 1- sharti “She’riyat” bu shartda ishtirokchilar o’zalari sevib yodlagan sherlaridan o’qib berishdi. 2- shart “Ozbek asarlari bilimdoni” bu shartda qatnashchilar o’zbek badiiy asarlari yuzasidan tuzilgan savollarga javob berishdi. 3 – shart “G’azalxonlik” shartida Navoiy va Bobur g’azallaridan na’munalar keltirib o’tishdi. Qiziqarli baxs va munozaralarga boy tarzda otkazilgan tanlav yakuniga ko’ra xakamlar hayati a’zolar TAKM xizmat raxbari U. To’ychiyev, “Chortoq xaqiqati” gazetasi muhbiri A. Haydarov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Chortoq tuman bo’linmasi boshlig’I X. Xakimovlarni baholash natijalariga ko’ra 1-o'rin Saydumarov Ismoil, 2-o'rin Bulturova Xilola, 3-o'rin Tursunpo'larova Tabassumlar go'liblikni qo'lga kiritib faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari M. Mo’monova va M. Abdullayevalar tumandagi 40 maktabda maktabning 6-7- sinf o’quvchilari o’rtasida maktab targ’ibotchisi Z. Fozilova, 6-7- sinf raxbarlari bilan xamkorlikda kitob targ’iboti tadbiri o’tkazildi . Tadbirda AKMdagi kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar AKT xizmati turlari va AKM ning elektron kitoblari xaqida o’quvchilarga ma’lumot berib o’tildi. Tadbirda o’quvchilar o’rtasida baxru- bayt o’tkazildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari D. Akbarova M. Muminovalar tomonidan tumandagi 5 DIMI o'quvchilari ishtirokida 8 mart Xalqaro xotin qizlar bayrami kuniga bag’ishlab "Mehrimsan muxabbatimsan ayol" mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbirda o’quvchilar onalar madh etuvchi she’rlardan na’munalar keltirib o’tishdi.
Yurtimiz boylab kitobxonlik xaftaligi tadbirlari qizg’in davom etmoqda. Chortoq tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan ham xaftalik doirasida tadbirlar muntazam o’tkazilmoqda. Oquvchi yoshlarni kitob mutolaasiga bo’lga qiziqishlarini yanada yuksaltirish maqsadida tumanimizning sevimli ijodkori, O’zbekiston yozuvchilar uyshmasi a’zosi, turon fanlar akademiyasining akademigi Boqiy Mirzoning shaxsiy kutubxonasiga sayohat uyushtirildi. Tadbirga 6- 44- maktab o’quvchilari ishtirok etishdi. Sayohat davomida Boqiy Mirzo shaxsiy kutubxonasidagi 3000 dan ortiq kitob jamg’armasi, o’zi yozgan kitoblari bilan tanishtirib o’tdi. 44 – maktab targ’ibotchisi Ergashoy Sharipova, Axborot – kutubxona markazi xizmat raxbari E’tibor Boboraximvalar so’zga chiqib kitob mutolaasining inson xayotidagi o’rni va roli xaqida ma’ruza qilishdi. O’quvchilar o’zlari sevib o’qigan kitoblari va yod olgan she’rlaridan na’munalar keltirib o’tishdi. Tadbir so’nggida o’quvchilar ijodkorga o’zlarini qiziqtirgan savollarini berib tegishli javoblar olishdi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassislari M.Muminova , D.Akbarova , M.Tuychiyevalar tomonidan “Mexr ko’zda” mavzusida ijtimoiy ximoyaga muxtoj “Do’stlik “ MFY Rovot ko’chasi 26 uyda yashovchi Odiljanova Shaxloxon, “Damariq “MFY R.Mexmanov ko’chasi 4 uyda yashovchi Turg’unov Alisher, Turg’unov Xojiakbar “Turkiston” MFY Turkiston ko’chasida yashovchi Qo’chqarova Oydinalar xonadonlariga tashrif buyurib badiy adabiyotlardan iborat esdalik sovg’alarni topshirildi.
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida o’tkazilgan "Farzandimga va o'qigan maktabimga kitob sovg'a qilaman" aksiyasi tumandagi Ixtisoslashtirilgan 53 – umumiy o’rta ta’lim maktabida bolib o’tdi. “Kitobxonlik haftaligi” munosabati bilan maktabda kitob sovg'a qilish aksiyasi ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Aksiyaga maktabning pedagoglari, o'quvchilar va ularning ota -onalari taklif etildilar. Harid etilgan kitoblar kutubxona fondini boyitish maqsadida maktab kutubxonasiga hadya qilindi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Kitobxonlik xaftaligi” doirasida tumandagi 14 sonli musiqa maktabida o’quvchilar o’rtasida Abu Rayxon Beruniy tavalludiga “Buyuk qomusiy alloma ” mavzusida rasmlar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda tumandagi 5-43-42-40 maktabning 8-9 sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda o’quvchilar Beruniy ijodi va suratini aks ettiruvchi rasmlar chizishdi. Xakamlar xay’ati tomonidan o’quvchilar chizgan rasmlarni quyidagicha baxoladi.
1-o’rin tumandagi 5-sonli maktabning 9- sinf o’quvchisi Tursunov Ulug’bek
2- o’rin tumandagi 43-sonli maktabning 9- sinf o’quvchisi Saydullaeva Shoxsanam
3-o’rin tumandagi 42-sonli maktabning 8- sinf o’quvchisi Mamatova Moxidalarni g’olib deb topilib Axborot kutubxona markazining faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.
12 - aprel kuni soat soat 15-00 da O'zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan ma'lumotlar ba'zalar va axborot tizimlari bilan ishlash bo'yicha o'tkazilgan mahorat darsida Zoom platformasi orqali Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirok etishdi.
Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko‘ra qudratliroq vosita yo‘q.Inson aqliy salohiyatining yuksalishida kitobning o‘rni beqiyos. “Kitobxonlik haftaligi” doirasida o’tkazilgan Bolalar adabiyoting iste'dodli shoirasi Kavsar Turdiyeva hayoti va ijodiga bag'ishlab "Biz sevgan shoira" nomli tadbirni Tumandagi 42-maktabda o’tkazildi. Tadbir 2 -a sinf o'quvchilar tomonidan namoyish etildi. Tadbirda o'quvchilar shoira hayoti va ijodiga to'htalib, Ijodidan na'munalar keltiribgina qolmay "Zumrasha" hajviy korsatuviga tayorlangan badiiy chiqishlarni namoyish etdilar.Tadbirga Viloyat Muhammadsharif So'fizoda nomli bolalar kutubxonasidan bir gurux mutaxasislar, ota-onalar tashrif buyurdilar.Tadbir so'nggida Axborot – kutubxona markazi bibliografi tomonidan tadbir tashkilotchilarini esdalik sovg'alari va tashakkurnoma bilan taqdirlali
https://t.me/chortoq_kutubxonasi/37428
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazining hamda 53- maktab hamkorlikda Nodira Rashidovaning “Usmonnoma” kitobi yuzasidan adabiy kecha o’tkazildi. Tadbirda Axborot kutubxona markazining xizmat raxbarlari U. To’ychiyev, E. Boborahimovalar kitobni mazmun mohiyati bilan o’quvchilarni tanishtirib o’tdilar. Tadbirga 53- maktab kutubxonachi O. Sultanova tomonidan yangi adabiyotlar yuzasidan kitob ko’rgazma tashkil etib, o’quvchilarga o’qish uchun tavsiya etildi. Tadbirda 7- sinf o’quvchilari tomonidan Usmon Nosir ijodidagi mashxur she’rlaridan na'munalar keltirishdi
Joriy yilning 14 aprel kuni Namangan viloyati ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi tasarrufidagi Chortoq tuman ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi hamda tuman Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda "Kitobxonlik haftaligi " munosabati bilan "Yangi adabiyaotlar targiboti" baxs munozarasi kechasi o'tkazildi. Tadbirda tuman AKM mutaxassi U.Tuychiyev J.Jovliyevning "Qo'rqma" asarini targ'ib qildi. Kutubxonachi A.Nishonov tomonidan yangi adabiyotlarga bibliografik sharh berib o'tdi. Kitobxonlar eng so'nggi o'qigan yangi adabiyotlar haqida o'z fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashib bahs munozara bildirdilar. Kechaga Chortoq tuman xokimiligi umumiy bo'limi boshlig'i A.Mahmudov tashrif buyurib kitobxonlarni bugungi tadbir hamda yaqinlashib kelayotgan IYD Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Shuning bilan birga 30 aprel kuni o'tkaziladigan Referendumda faol ishtirok etishlari targ'ib qilib o'tdi.
Namangan viloyati ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi tasarrufidagi Chortoq tuman ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi hamda tuman Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda Axborot kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi xizmat raxbari D.Akbarova tomonidan "Yangi adabiyaotlar targiboti" o’tkazilib ko’zi ojiz kitobxonlardan F.Nasriddinova va boshqa kitobxonlar tashrif buyurishdi.Tadbir so’ngida Chortoq tuman ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi mudiri R.Jo’raboeva kitobxonlarni bugungi tadbir hamda yaqinlashib kelayotgan IYD Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Shuning bilan birga 30 aprel kuni o'tkaziladigan Referendumda faol ishtirok etishlari targ'ib qilib o'tdi.
Chortoq tuman Barkamol avlod bolalar ijodiyot markazida tuman Axborot kutubxona markazi bilan xamkorlikda O’zbekiston xalq shoiri Muxammad Yusuf tavallud kuniga bag’ishlab,”Yuragimga kirib kelgan bahorim” mavzusida davra suxbati o’tkazildi. Tadbirni Respubloka ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi raxbari X.Xakimov ochib beridi va shoirning Vatan xaqida yozgan sherlarini qo’shiq qilib kuylanishi, uning har bir she’rida xalqning quvonch-u iztiroblari, orzu va armonlarini madh ettirganligi, shu bilan birgalikda Muhammad Yusuf ochiqko’ngil va hayolparast bola bo’lib, sheriyat va adabiyotga mehri juda baland bo’lganligini so’zab o’tdi.Barkamol avlod bolalar ijodiyot markazi o’quvchilari tomonidan shoirning sherlaridan na’munalar keltirib o’tildi. Axborot kutubxona markazi mutaxassislari M.Abdullaeva, M.Muminova, M.Tuychievalar tomonidan shoirning plakat, rasm va kitoblaridan kitob ko’rgazmasi tayyorlab qatnashchilarga xavola etildi.
Axborot kutubxona markazida Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati tomonidan 9 may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Xotira mangudir- qadr abadiy” nomli tadbir o’tkazildi. Tadbirda tumandagi ixtisoslashtirilgan ITM, 2-,-6-, 8- maktab o’quvchilari ishtirok etishdi. Axborot kutubxona markkazi Bbibliografiya xizmati raxbari E. Bobaraximova Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug` fazilatlaridan biri ekanligi , el-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog`ida e’zozlanishi xaqida gapirib o’tdi. Tadbirga “9- may Xotira va qadrlash kuni” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilarga havola etildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazida Gʻofur Gʻulom tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlab “XX asr o‘zbek she’riyati va nasrni yirik vakili” mavzusida xotira kechasi o’tkazildi. Tadbirni Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi mutaxassisi A. Abdullamutov olib bordi. Xotira kechasiga tumandagi 9-44-11-12-4 -41 –maktabning targ’ibotchilari va tumandagi 53-40-41- 44- maktabning faol kitobxonlari ishtirok etishdi. 44- maktabning targ’ibotchisi E.Sharopova 9- maktabning targ’ibotchisi M.Abdullayevalar so’z olib G’ofur G’ulomning “Shum bola”, “Sen etim emassan” asarlari uning xayoti va ijodi xaqida fikrlarini bildirishdi. Axborot kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “O’zbekiston xalq shoiri G’afur G’ulom tavalludining 120 yilligi” mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil etilib qatnashchilarga xavola etildi. Shuningdek Axborot kutubxona markazining AKT xizmati tomonidan tiyyorlangan G’ofur G’ulom hayoti va ijodini ochib beruvchi videorolik namoishini barcha yig’ilganlarga xavola etildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan tumandagi 5- davlat ixtisoslashtirilgan internat maktabi o’quvchilari o’rtasida “Yosh kitobxon” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Tanol 2 ta shat bo’yicha bo’lib o’tdi. 1- shart “Men tavsiya etgan kitob” 2- shart o’zbek va jahon adabiyoti ijodi yuzasidan savol javob asosida o’tkazildi. O’zaro baxs va munozaralarga boy tarzda o’tkazilgan tanlovda maktabning faol o’quvchilaridan Risliqboyev Muzaffar 3- o’rin, Tursunpo’latov Xursandbek 2- o’rin, Asqaraliyeva Mohira 1- o’rinni qo’lga kiritishdi. Tanlov g’oliblari va ishtirokchilarga Respubloka ma’naviyat va ma’rifat markazining Chortoq tuman bo’linmasi tomonidan estalik sovg’a va faxriy yorliqlar topshirildi.
Chortoq tuman Axborot – kutubxona markazi tomonidan tumandagi “Istiqlol” mahalla fuqorolar yig’inida “Kitobxon oila” tanlovi o’tkazildi. Tanlov “Men sevib o’qigan asar” va “O’zbek va jahon adabiyoti bilimdoni“ shartla bo’yicha bo’lib o’tdi. Ko’rik tanlovda eng faol kitobxon oilalar aniqlandi. Xakamlar xay’atining baxolash natijasiga ko’ra quydagi naminatsiyalar bo’yicha g’oliblar aniqlandi. Unga ko’ra Tinchlik” MFY ishtirokchisi Yigitaliyeva Komila oilasi “Eng zukko kitobxon oila”, “Istiqlol” MFY dan Mamadaliyeva Saodat oilasi “Eng ibratli oila”, “Sarkor” MFY vakili Mutaliyeva Niga oilasi esa “Eng bilimdon oila” naminatsiyalarni qo’lga kiritdilar. Tanlov g’oliblarini tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg’a va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi bibliografiya xizmat raxbari E. Boborahimova tomonidan tumandagi 48 maktabda umumta'lim maktab kutubxonachilari o’rtasida Kutubxona sohasining yuqori standartlarini saqlab qolish, kasbiy mahorati bo'yicha mutahassislarni tayyorlash maqsadida "Bibliografik qollanmalarning turlari" mavzusida o'quv mashg'ulot o'tkazildi. O'quv mashg'uloti davomida kutubxonachilarga bibliografik qollanmalarning turlari va ularni tayyorlash metodikasi bo’yicha yig’ilganlarga amaliy va nazariy mashg’ulot o’tkazildi. Kutubxona isloxotlari yuzasidan ma’ruza qilindi.
Tez va ifodali o’quvchi kitobxon
Kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida Namangan viloyati ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi tasarrufidagi Chortoq tuman ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi hamda O'zKOJ Chortoq tuman bo'linmasi, tuman Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda brayl yozuvining asoschisi Lui Brayl tavalludining 214 yilligiga bag'ishlab "Tez va ifodali o'quvchi kitobxon" nomli ko'rik tanlovi o'tkazildi. Tadbirda Ishtirokchilarni yoshlar masalalari bo'yicha tuman xokimining o’rinbosari D. Xakimova so’zga chiqib kitob mutolasining afzalliklari xaqida ma’ruza qilidi. Korik tanlov shartlariga ko’ra ishtirokchilar kutubxonachi R. Jo’raboyeva tomonidan o’qilgan xikoya yuzasidan diktan yozishdi. Hamda xakamlar xay’ati tomonidan berilgan asarni ifodali o’qib berishdi. Ko'rik tanlov yakuniy natijasiga ko’ra I guruh nogironi Zokirjanov Yodgorbek I o'rin bilan g'oliblikni qo'lga kiritib viloyat bosqichida qatnashish xuquqini qo’lga kiritdi. Tadbirda ishtirokchlarini esdalik sovg’a va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazida Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati raxbari D. Akbarova tomonidan o’quvchi yoshlar o’rtasida Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyatini targ’ib qilish maqsadida “Beruniyni bilasizmi?” mavzusida davra suxbati o’tkazildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona – markazining abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi M. Zaylabova tomonidan tumandagi “Istiqlol” Mahalla fuqorolar yig’inida istiqomat qiluvchi xotin qizlar o’rtasida yangi adabiyotlar yuzasidan “Kitob tafakkur qanoti” nomli davra suhbati o’tkazildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona – markazida Axborot -kutubxona markazi xodimlari va o’quvchi yoshlar o’rtasida yangi taxrirda chop etilgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi yuzasidan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Chortoq tuman bo’linmasi mutaxissisi Oydina Ibragimova bibliografik sharx o’tkazdi. 2023 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kirgan mazkur kitobdagi 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi, bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilinganligi xaqida tushuncha berib o’tdi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona – markazida Abu Rayxon Beruniy asarlarini keng targ’ib qilish maqsadida “Beruniy asarlari bilan tanishing” nomli kitob targ’iboto tadbiri o’tkazildi. Tadbirda abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati raxbari D. Akbarova Beruniyning asarlari xayoti va foaliyati yuzasidan yig’ilganlarga ma’ruza qildi.
Chortoq tuman Axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10-apreldagi majlisi 14-sonli buyrugʻiga asosan Xotin-qizlar oʻrtasida radikallashuvni oldini olish, ularning maʼnaviy va madaniyatini yuksaltirish ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida “Kitobxon oila” korik tanlovi o’tkazildi. Tanlovda “Sohibkor” MFY dan Artiqovalar oilasi, “Zafar Diyor” MFY dan Sayfiddinovalar oilasi, “Do’stlik” MFY dan Sharipovalar oilalari ishtirok etdilar. Tadbirning 1- sharti “O’zbek adabiyoti bilimdoni”, 2- sharti “Tezkor savollarga javob berish” shartlaridan iborat bo’ldi. Tanlovni Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Chortoq tuman bo’linmasi vakili O. Ibragimova AKM xizmat raxbari U. To’ychiyev, mutaxassisi U. Nishanovalar boxalab borishdi.
Tanlovni ikkala shrtida ham faol ishtirok etgan “Zafar Diyor” MFY vakillari Sayfiddinovalar oilasi fahirli 1- o’rinnni qo’lga kiritdi. Ishtirokchilarni AKM tomonidan estalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Tadbirda 30 nafar ishtirokchi qatnashdi.
2023 yil 27 sentyabr kuni Chortoq tumanidagi “Umid” xususiy maktabining o’quvchilari bilan 27-sentyabr – Butunjahon turizm kuni munosabati bilan
“Turizm-milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning mihim drayveri” mavzusida Axborot kutubxona markaziga sayohat uyushtirildi. Sayohatda o’quvchilarga Axborot bibliografiya xizmati raxbari E.Boboraximova Axborot – kutubxona markazi bilan tanishtirib o’quvchilarga ma’lumotlar berdi
Chortoq tuman Axborot kutubxona – markazida “Atlas bayrami” munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi chortoq tuman bo’limi mutaxassisi O. Ibragimova AKM bibliografi E. Boborahimovalar atlasni kelib chiqish tarixi va uni inson organizimiga foydali jixatlari to’g’risida ma’ruza qildi. Tumandagi 17- sonli MTM tarbiyalanuvchilari tomonidan dilrabo raqslar ijro etildi. Bayram tadbirida tuman ko’zi ojizlar kutubxonachilari, tuman madaniyat markazi xodimlari ishtirok etdilar.
2024 yilning 13 fevral kuni Axborot kutubxona markazida tumandagi 46 –sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda O‘zbek klassik adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, o‘zbek adabiy tili va adabiyotining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan iste’dodli olim va o‘ta ziyoli inson, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Bobur – adolatli shoh va buyuk shoir” mavzusidagi adabiy kecha o’tkazildi. Tadbirda 46- sonli umumiy o’rta talim maktabining 4-8-9 sinf o’quvchilari, 40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 4 – sinf o’quvchilari, “Ziyo nur ” klub a’zolari ishtirok etishdi. 46 sonli maktab o’quvchilari tomonidan dilrabo raqs, Bobur g’azallari, sahna ko’rinishlari, 40 –sonli maktab o’quvchilarining yod olgan ruboiylari, “Ziyo nur” klub a’zolarining aytilgan Bobur ruboiylari ishtirokchilar qalbidan joy oldi. Axborot kutubxona markazi xizmat rahbari U.Tuychiyev tomonidan Z.M.Bobur hayoti va ijodiga tuzilgan savollarga o’quvchilar topqirlik bilan javoblar berishdi. AKT xizmati mutaxassislari tomonidan Z.M.Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan vedio lavhalar namoyish etildi.