ODIL YOQUBOV
BILLUR QANDILLAR
QISSA VA HIKOYALAR
Xudbinlik va nohalollik hukm surgan joyda muhabbat so'nadi, hatto óladi.
Mehr va vijdonlilik mahabbatga yetkazadi. Yashashning mazmuni muhabbat bilan sayqal topadi.
Chin sevgi, poklik va halollik, mavzusi yetakchilik qiladi.
📚"Sen bahorni soginmadingmi?.."
✍️ Akmal Saidov, G'ulom Mirzo
📜 Qo'lingizdagi kitobning birinchi qismidan uzoq yillar Oliy Majlis deputatlari sifatida ardoqli shoirimiz bilan faoliyat yuritgan, olis va yaqin yurtlar safarlarida hamrohlik qilib, hayotda doimo o'zoro do'st va dilkash hamsuhbat bo'lgan inson - O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, yuridik fanlar doktori, professor Akmal Saidovning sevimli shoirimiz bilan qariyib o'ttiz yillik muloqotlari asnosida qog'ozga tushirilgan esse, maqola va xotiralari joy olgan. Ikkinchi qism ardoqli shoirimizning ko'p sonli shogirdlaridan biri shoir, tarjimon, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist G'ulom Mirzo qalamiga mansub esse, maqola va suhbatlardan iborat.
📚"Tirik ruhlar"
✍️Shukrullo
📜 O'zbekiston halq shoiri Shukurulloning yangi nasriy asarida chigal, baxsli, fojiyali bir davr manzarasi qalamga olingan. Adibning aniq kuzatishlari, dardli o'y-kechinmalari qo'shilib, uyg'unlashib ketganidan, roman o'quvchilarga manzur bo'ladi, deb o'ylaymiz."
📘 "Uchgacha ayni vaqti"
✍️ Masaru Ibuka
Farzand chaqaloqligidan boshlab ulg'aygunicha uning tarbiyasida nimalarga kechikmasligimiz kerak, nimalarga kechikib qo'ydik, xatolarni tuzata olamizmi? Masaru Ibuka ko'pincha ota-onalar ilg'amagan, lekin bolaning ongi, ruhiyatida, jismonan va ma'nan shakllanishida hal qiluvchi rol o'ynaydigan xatti-harakatlar, hayotdan olingan turfa jihatlarni ko'zguda aks etganday siz-u bizga ko'rsata olgan. Ushbu kitobni o'qib, bunga amin bo'lasiz deb ishonamiz.
#Kitob_haqida «Mukammal matn deganlari, aslida, yo‘q narsa. Xuddi butkul umidsizlik bo‘lmaganidek». Buni menga talabaligimda tasodifan tanishib qolgan bir yozuvchi aytgandi. Bu nimani anglatishini men ancha keyin tushundim — o‘sha kezda esa, bu, harqalay, bir tasalli edi. Mukammal matn yo‘q narsa, derdim o‘zimga o‘zim. Lekin baribir biror narsa yozishga kirishdim deguncha, umidsizlikka tushardim. Chunki men yoza oladigan mavzular doirasi tor edi. Masalan, fil haqida nimadir yoza olardim, ammo fil bilan muomala qilishni eplashim dargumon.
#asardan_parcha
📕 “Ajdarning tavbasi”
✍️O‘tkir Hoshimov
🔖 O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning asarlaridan musiqiy ohang, samimiyat har bir o‘quvchini maftun etadi. Buning boisi, adib asarlarining jozibadorligi, xalqchilligida. Adibning hajviy hikoyalarida ham ana shu jozibadorlik, samimiylik ustuvorlik qiladi.
YASHAMOQ
Muallif: Yuy Xua
Oʻgʻlimni tuproqqa topshirishim kerak edi, biroq undan ajrala olmayotgandim. Ota-onamning qabrlari poyiga choʻkdim va Yuchinni bagʻrimga bosdim-uni yerga qoyolmayotgandim😭. Asta yelkamga suyadim yuzlari ham qotib qolgandi xuddi yelkamda bir parcha muz turgandek goʻyo………
Kechki shamol barglarni toʻzgʻitar oʻgʻlimning tanasi qirovdan nam boʻlib ulgirgan edi. Bugun ertalab maktabga ketayotgandagi xolati koʻz oldimda shundoqqina turibdi: yugirgilab borar ekan yelkasidagi sumkasi bir yuqoriga bir pastga sakrardi. Yuchin endi bir ogʻiz ham soʻz aytaolmasligini yoki maktabga yalangayoq chopib borolmasligini oʻylash yuragimga tigʻdek botardi.
Yegʻlayverib koʻzimning yoshi qurib qoldi……..
#Sizga_tavsiya_etamiz
✍️ Xadicha Kubro Tongar
📘 Baqirmaydigan onalar
📘Farzandingizni hurmat qilasizmi? Albatta, yaxshi ko‘rasizmi deb so‘ramoqchi emasmiz, chunki millati, irqi, dinidan qatʼiy nazar ona maqomidagi zot borki, farzandini o‘z jonidan bir necha karra ortiq sevishi, shubhasiz! Ammo Yaratgandan beg‘ubor bir omonat, go‘zal hadya bo‘lmish bolamizga munosib munosabat ko‘rsatish, farzand tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish, uning shaxsini qadrlash har doim, har birimizning qo‘limizdan kelavermasligi rost.
Qo‘lingizdagi mazkur kitobni nafaqat farzand o‘stirayotgan onalar, balki turmush ostonasidagi qizlar ham o‘qib ibrat olishlarini tavsiya qilamiz. Muallif bolalarga “bizniki” deb qarash noto‘g‘ri ekani, aksincha, biz bor-yo‘g‘i Egasining oldidagi bir omonatchi ekanligimizni eslatib, farzand tarbiyasi borasidagi fikrlarimizni mutlaqo o‘zgartiradi, xatolarimizga oyna tutadi.
📘 “Savdogarlar ustozi”dan 10 ta tavsiya
1. Odamning muhtojligidan foydalanib, sotayotgan narsasini past bahoda sotib olmang. Asl bahosida sotib olishda baraka bor.
2. Sarmoya cho‘ntakda bo‘lmaydi, agar aqlingizni ishlatsangiz va harakatdan to‘xtamasangiz, sarmoya sizni uzoq kuttirmaydi.
3. Haqgo‘y sherik omadning yarmi demakdir! Sherik tanlashda adashmang, halollik ustiga qurilgan sherikchilikda uchinchi sherigingiz Allohning o‘zi bo‘ladi!
4. Ishlarni deb zikrni unutmang. Zikrlar esa ishlarga xalaqit bermasin.
5. Yaxshilikdan haddan ortiq suyunish, yomonlikdan haddan ortiq kuyunish mo‘minning sifati emas. Allohga tavakkal qiling.
📚 "Ot kishnagan oqshom"
✍️ Tag’ay Murod
📜 Tog‘ay Murodning asarlarini nasrdagi poeziya deyishadi. Uning poetik til bilan yozilgan “Ot kishnagan oqshom” qissasini o‘qisangiz bunga yana bir bora amin bo‘lasiz. Ular she’rday o‘qiladi, katta bir asardek taassurot qoldiradi. “Oti bor odamning qanoti bor” deydi yozuvchi. Yozuvchining badiiy mahorati, jonivor bilan o‘zaro suhbatlashuv uslubi asar oxirigacha sizni o‘zidan uzoqlashtirmaydi.
📚"Oldinda yongan mayoq"
✍️ Sobir O'narni
📜 Taniqli ijodkor Sobir O'narni yozuvchigina emas, iste'dodli publitsist sifatida xam yaxshi bilamiz. Mazkur kitobga uning mustaqillik yillarida vaqtli matbuotda, adabiy nashrlarda chop etilgan badiiy-publitsistik maqola, suhbat va esselari saralab olindi. O'ylaymizki, ushbu asarlarda adib va jurnalistning fuqarolik pozitsiyasi bo'rtib ko'rinadi, o'z navbatida o'quvchining e'tiborini tortadi.
#Sizga_tavsiya_etamiz 📚 "Gunoh kaliti"
✍️ Azamat Qorjovov
📖 Tug'ilganidanoq baxtsizlik soya solgan qizchani kelajakda ham omadsiz hayot kutib turardi. Balog'atga yetgach, kunlarning birida bu qizga g'aroyib bir ish topiladi. Olis o'lkalarda kelib qolgan bir kampirning uyini supurib-sidirish uchun mardikor qiz kerak edi. Kampir mardikorlar ichidan aynan baxtsiz qizni tanlaydi va unga bir sirni aytadi. Bu sir kalitlar bilan bog'liq edi.
#Bir_asar_tarixi
📚 "Sinchalak"
✍️ Abdulla Qahhor
📜 „Sinchalak“ — o'zbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa. Muallif bu qissani 1958-yilda yozgan. Qissa shu kungacha bir necha marta nashr qilingan. Qissa oʻquvchilar hamda tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Asarni Konstantin Simonov rus tiliga, Rosen Trinkov bolgar tiliga tarjima qilgan.
Asar Saida ismli oʻzi kichkina, nimjon boʻlsa ham osmonni koʻtargulik quvvati, gʻayrati bor“ qiz haqidadir. Adabiyotshunos Ozod Sharafiddinovning yozishicha, Abdulla Qahhor „Saida obrazida hozirgi ilgʻor o'zbek ayollarining xarakterli, tipik sifatlarini umumlashtiradi“.
#Muvaffaqiyat_sirlari
#Muvaffaqiyat_kaliti
Deyl Karnegi
Oilada baxtga erishish yo‘llari
Tarjimon: Fathulla Namozov
Bu kitobda oilada uchraydigan ko‘plab masalalar o‘z aksini topgan. Nikoh, er-xotin munosabatlari, o‘zaro hurmat-e’tibor, farzandlar tarbiyasi borasidagi qaydlar sizga manzur bo‘ladi. Ayniqsa, mashhur shaxslar va oddiy insonlar hayotiga doir voqealar qalbingizdan joy oladi.
Kitobda mehr-muhabbat, vafo-sadoqat, olijanoblik bilan birga xiyonat, razolat, jinoyat dunyosidagi kirdikorlar ochib beriladi. Muallif barcha kechmishlarni, turli qarashlar, nuqtayi nazar va tamoyillarni oila bilan bog‘lab, teran mushohada yuritadi. Insonning naqadar metin, kuchli iroda egasi ekanligini e’tirof etib, ba’zi hollarda esa, aksincha, ojiz, notavon mavjudotga aylanishini misollar bilan tushuntiradi.
Kitob keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.
📚Dunyodagi eng baxtli odam
✍️Jahon adiblarning sara hikoyalari
📜Jahon adabiyoti durdonalari
📚 “O‘g‘ri”
✍️ Abdulla Qahhor
📜 "O‘g‘ri" hikoyasida o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Unga «Otning o‘limi - itning bayrami» maqoli epigraf qilib olingan. «Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi» - kabi misralar shu hikoyadan olingan.
"Chortoq haqiqati" gazetasining navbatdagi soni nashrdan chiqdi
#O'zbek_adabiyoti
- Muncha yo'qolib ketding?
- Tarixdan bir mavzuni so'rab oldim.
- Jamshid ekanmi u?
- Ha, - dedi Umida va echki terisidan qilingan paxmoq po'stakka o'tirdi.
- Senga o'zi bir gap bo'lgan, - dedi Ro'zi xola.
- Boshingni ko'p aylantirma, o'qishingni bil, - tizzasida cho'kkalab dasturxonni u tomon surdi.
- Keyin... endi ko'p ham unga yaqin bo'laverma.
Katta bo'pqoldilaring. O'rtoqlik, do'stlik o'z yo'li bilan. Bas endi.
- Qo'ying, ona, shunday gaplarni.
- Bolam, otang ham aytayapti-da.
- Xo'p. Bo'ldi. Ikkinchi marta u bilan gaplashmayman. Qutuldimmi?
- Senga bir gap gapirib bo'lmaydi.
- Ana shunday!
©️ Shukur Xolmirzayev "O'n sakkizga kirmagan kum bor"
📚"Shum bola"
✍️G‘afur G‘ulom
📜 Qissada XX asrdagi xalqimizning turmush tarzi, ikkinchi jahon urushi ta'siri, o'zbek xalqining azaliy urf-odatlari tasvirlangan. Aziz kitobxon, o'ylaymizki, siz bu asarni o'qib, qalbingiz zavqqa to'ladi, shu bilan birga, XX asr millat turmushidan xabardor bo'lasiz.
Asarni sabot bilan o'qing, xalqimiz tarixini, adabiyotini chuqur o'rganing, kerakli mushohadalar chiqaring.
📚 "Samarqand osmonida yulduzlar.
2-kitob. Safar gulxanlari"
✍️ Sergey Borodin
Yozuvchi unda Ozarbayjon va Armaniston xalqlarining Temur istilosiga qarshi kurashini tasvirlaydi. Bundan tashqari, Usmoniylar saltanatining kuch-qudrat ramzi – Yildirim Boyazid shaxsi, Amir Temur shaxsi kabi asrlar o‘tsa-da qiziqish bilan o‘qiladi, qiziqish bilan o‘rganiladi. Shuningdek, "Samarqand osmonida yulduzlar" roman-trilogiyasida Temurning Sharqiy Turkiya va Suriyaga qilgan zafarli yurishlari, Sivas, Halab, Damashq shaharlarini bosib olish voqealari ham mahorat bilan tasvirlangan.
#Detektiv_kitob_haqida
📓 "Sher yigit"
✍️ Nuriddin Ismoilov
Maxfiy xizmat xodimlarining xavf-xatarlarga to‘la jo‘shqin hayoti. Ba'zan har soniyada, har daqiqada o‘lim bilan yuzma-yuz kelgan, Vatan manfaatini o‘z hayotlaridan ustun qo‘ygan mard yigitlar jasorati; ezgulik va yovuzlik, sadoqat va xiyonat, poklik va razolat, e'tiqod va ochko‘zlik o‘rtasidagi abadiy kurash. Bunday keng ko‘lamda aks ettirilgan voqealar ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Iste'dodli adib Nuriddin Ismoilovning mazkur sarguzasht asarida sho‘ro davrida maxfiy xizmat tizimida ishlagan yosh o‘zbek yigitining favqulodda qiziqarli va o‘ta xavfli faoliyati aks etgan. Roman ikki kitobdan iborat va avval alohida kitoblar holida nashr etilgan.
#Sizga_tavsiya_etamiz ✍️Iskandar Raxmon 📚Olobli yillar yodi Ushbu xotira kitobi Vatanimiz ozodligi, shon-shuxrati, istiqloli va istiqboli yo'lida, janglarda, front ortida mardlik, jasorat namunalarini ko'rsatgan turli kasb va yoshdagi yurtdoshlarimiz xaqida ibratli xayotiy misollar asosida xikoya qilinadi. O'ylaymizki, bu yodnoma yoshlarimizni xarbiy-vatanparvarlik, burchga sadoqat ruxida tarbiyalashga katta xissa qo'shadi. Ushbu kitobni mutolaa qilish uchun Chortoq tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishingiz mumkun.
#Sizga_tavsiya_etamiz
📚 "Tanlangan asarlar"
✍🏻 G’afur G’ulom
Akademik, shoir, o'zbek adabiyoti ravnaqiga o'zining munosib xissasini qo'shgan G'afur G'ulom ijodi o'zbek kitobxonlarining bir necha avlodini tarbiyalashga hizmat qilgan. Ushbu kitobga jamlangan asarlar o'zining g'oyaviy ruxi bilan komil insonlarni voyaga etkazish yo'lida kamarbasta bo'lishiga ishonamiz. XX asrning zabardast shoirlaridan biri G'afur G'ulomning nomi, bosib o'tgan xayot yo'li, serqirra ijodi barchamizga yaxshi ma`lum.
Ushbu moʻjazgina toʻplamda yozuvchining bir-biridan ajoyib hikoyalari jamlangan.Ularni oʻqirkansiz, yosh kitobxon doʻstlarimiz oʻzlarining sirli, sehrli doʻstlari bilan yuzlashadilar.
Safar Barnoyev hikoyalarining aksariyati rus,ukrain, belorus,latish,moldovan, polyak,chex,arman,ozar, tojik, qozoq, qirgʻiz, turkman va qoraqalpoq tillarida ham tarjima qilingan.Adib asarlarining turli tillarda sevib mutolaa qilinishining asosiy sababi -u barcha xalq farzandlarini bir koʻzda krani, ularning barchasini baxtli va saodatli koʻrmoq istadim bilan yonganidadir.
Ushbu kitobni mutolaa qilgach, soʻzlarimizga siz ham amin boʻlasiz.
📚 "Samarqand osmonida yulduzlar.
2-kitob. Safar gulxanlari"
✍️ Sergey Borodin
Yozuvchi unda Ozarbayjon va Armaniston xalqlarining Temur istilosiga qarshi kurashini tasvirlaydi. Bundan tashqari, Usmoniylar saltanatining kuch-qudrat ramzi – Yildirim Boyazid shaxsi, Amir Temur shaxsi kabi asrlar o‘tsa-da qiziqish bilan o‘qiladi, qiziqish bilan o‘rganiladi. Shuningdek, "Samarqand osmonida yulduzlar" roman-trilogiyasida Temurning Sharqiy Turkiya va Suriyaga qilgan zafarli yurishlari, Sivas, Halab, Damashq shaharlarini bosib olish voqealari ham mahorat bilan tasvirlangan.
📚 "Samarqand osmonida yulduzlar. 3-kitob. Yildirim Boyazid"
✍️ Sergey Borodin
Usmoniylar saltanatining kuch-qudrat ramzi - Yildirim Boyazid shaxsi Amir Temur shaxsi kabi asrlar o‘tsa-da qiziqish bilan o‘qiladi, qiziqish bilan o‘rganiladi.
Ikkita yirik va qudratli saltanat - Temuriylar va Usmoniylar sulolasi o‘rtasidagi daxshatli jang, ikki buyuk jahongirning toj-taxt uchun kurashiga bag‘ishlangan mazkur kitobda ana shu tarixiy va olamshumul voqea haqida so‘z boradi. Kitobda o‘quvchi faqat jang saxnasini emas, Yildirim Poyazid va Amir Temur shaxsiga, ularning ichki dunyosiga yaqin boradi, ular bilan yuzlashadi.
Shuningdek, yozuvchi Temurning Sharqiy Turkiya va Suriyaga qilgan zafarli yurishlari, Sivas, Halab, Damashq shaharlarini bosib olgani voqealarini ham mahorat bilan tasvirlaydi.
#Sizga_tavsiya_etamiz
📚 “Mening o'g'rigina bolam”
✍🏻G'. G'ulom
Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O’zbekiston xalq shoiri akademik G’afur G’ulomning “Mening o’g’rigina bolam” asari haqida so’z yuritiladi. Asardagi turli obrazlar tasviri orqali o’tgan va hozirgi zamon haqida atroflicha fikrlar berib o’tiladi hamda hikoya orqalai jamiyatning qanday ahvoldaligini ko‘rsatib beraolgan va insonlar qanchalik samimiy va mehir muhabbatli ekanligini qaxramonimiz Roqiya bibi obrazida ko‘rsatib o‘tilgan va yoshgina bola bizning uyimizga ham o‘g‘ri tushibdi deb maqtanishi bu bir qarashda oddiy hol day ko‘rinishi munkin lekin meni fikrim bo‘yicha bu juda achinarli holat.
Ahmad Said
📚 Jimjitlik
Taniqli adibimiz Said Ahmadning "Jimjitlik" romani 1986-1987 yillarda "Sharq yulduzi" jurnalida davomli elon qilindi. Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti uni 1989 yilda 150000 nusxada bosib chiqardi. Biroq tsenzura muallifni ogohlantirmay, hatto, unga bildirmay, asarning uchdan bir qismini olib tashladi. Oqibatga, "mayyib" asar oquvchi qoliga tegdi. Muallif otgan on tort yil davomida romanni qayta tiklash uchun kop urindi. U asarni qayta ishlash jarayonida bugungi kun talablarini nazardan qochirmadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
2023 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 2023 yil 21 fevraldagi 13-sonli buyrug‘i ijrosi bo’yicha Chortoq tuman Axborot-kutubxona markazining o’quv zalida 2024 yil 3 may kuni tumandagi 8 –sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 9 sinf o’quvchilari bilan “Siz huquqingizni bilasizmi” mavzusida huquqga oid targ’ibot o’tkazildi.
22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Chortoq tuman Axborot -kutubxona markazida 22- 26 aprel kunlari “Kitobxonlik xaftaligi” ning ochilishida "Qalbingizni ma’rifat ziyosi munavvar etsin!" mavzusida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi. Ochik eshiklar kunida Chortoq tumanidagi Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli maktab kutubxonachilari, Kasb - xunar maktab kutubxonachilari, faol kutobxonlar,Namangan davlat pedagokika instituti Akademik letseyi o'quvchilari, 17-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda " O'zbek milliy ma'naviyat namoyondalari", O'qing yangi adabiyotlar","Ulkamiz ijodkorlari ijodidan ","Turkiy adabiyot durdonalari", "Ertaklar olamiga sayohat", "Kitob barkamol avlod tarbiyachisi" mavzularida kitob ko'rgazmalari tashkil etildi.
# QRcode Chortoq tuman Axborot -kutubxona markazining Axborot kommunikatsiya va raqamlashtirish xizmati tomonidan tomonidan mart oyida raqamlashtirilgan elektron kitoblar QR kodi.Marhamat aziz kitobxon foydalanishingiz mumkin .
📚 “Erta qaytgan turnalar” (qissa)
✍️ Chingiz Aytmatov
📝 Hikoyaning mazmuni urush paytida kichik bir qirgʻiz qishlogʻida sodir boʻladi. Doʻstlari Anatoy va Erkinbeklar, kolxoz raisi maktab oʻquvchilariga tegishli iltimos bilan murojaat qilgandan soʻng, ular ham non ekishda yordam berishadi. Bolalar oʻzlarini ozod qilishga muvaffaq boʻlishadi: Sultonmurot otda jinoyatchilarning orqasidan yuguradi, Anatoy bilan Erkinbek esa doʻstiga yordamga yuguradi. Hikoya Sultonmurot oʻz qoʻlini bir oz jarohatlab, boʻri bilan jangga tayyorlanishi bilan yakunlanadi.
📚"O'qishga tavsiya qilamiz !"
✍️ Chingiz Aytmatov
📚 Asrni qaritgan kun.
📜 Chingiz Aytmatov ning ushbu asarini tom ma’noda o’zlikni anglash va onaning farzandiga bo’lgan muhabbati tarannum etilgan haqiqat desak bo’ladi. Kitobda onaning farzandiga bo’lgan muhabbati va insonning azizligi, uni tarixiy ildizlaridan, tilidan, g’ururidan mahrum qilish joniga qasd etishdan ham dahshatli jinoyat ekani yovqur Nayman onaning tengsiz fojiasi tasviri asnosida aks ettirilgan.
📖Ushbu kitobni siz aziz kitobxonlar Xo'jaobod tuman Axborot-kutubxona markazidan topishingiz mumkin. Sizga yoqimli mutolaa tilab qolamiz.
Hurmatli kitobxonlar sizlarga Sug'diyona gazatasini 4 sonini o'qish uchun tavsiya etamiz https://t.me/chortoq_kutubxonasi/47801
#ANONS
«Namangan haqiqati» gazetasining 2024 yildagi 16-soni nashrdan chiqdi
Ko‘ngil kundaligi…
… Erkaklar ko‘pincha ayollardan noliydilar. Ayol kishining qalbini tushinish qiyin deb, hasrat qiladilar. Nachora, pinhon narsani tushinish hamisha mushkul bo‘ladi. Sirli narsani bilish hamisha mashaqqatli bo‘ladi. Buning uchun ayol kishi aybdor emas. Qiz bola sirlarini pinhon saqlamay nima qilsin? Aslini olganda, hamma narsaning pinhoni oshkorasidan ko‘ra kuchliroq bo‘ladi. Balki, shuning uchun ham qiz muhabbati yigit muhabbatidan kuchliroq bo‘lsa ajab emas.
O‘tkir Hoshimov, «Nur borki, soya bor» asaridan.
Chingiz Aytmatovning «Oq kema» qissasida insoniy go’zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologik muammo teran tadqiq etilgan. Asarda adib abadiy sevgi — muhabbat mavzusida butunlay yangicha qarash bilan yondashgan. Shu tufayli ham qissa tez orada mashhur bo’lib ketdi.
E’tiboringizga Chingiz Aytmatovning audiokitob shaklda tayyorlangan «Oq kema» asarini bizning kutubxonamizga kelib eshitishingizni tavfsiya etamiz.
«Bahorning o‘n yetti lahzasi»
1945 yil bahor. Gitlerchilar Germaniyasining so‘nggi kunlari. Fashizim o‘lim yoqasida yotibdi, ammo kurash tugaganicha yo‘q. Daxshatli, shiddatli kurash hali davom yetmoqda. Ushbu romanda ana shunday vaziyatda dushman uyasida ish ko‘rgan ayg‘oqchi Maksim Isayev haqida hikoya qilinadi. Uning zimmasiga yuklangan vazifa — fashistlarning G‘arb mamlakatlari boshliqlari bilan separad sulh tuzishga urinishlarini fosh yetish va barbod qilishdan iborat bo‘lib, bu mashaqqatli vazifani sharaf bilan bajaradi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazining Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" kitobi yuzasidan tayyorlangan DUKTREYLER
Chortoq tuman AKM tomonidan Navoiyning "Hayrat ul- abror" kitobida yuzasidan tayyorlagan buktreyler
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazining Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan 2023 yil iyul oyida skaner qilingan elektron kitoblari
https://t.me/chortoq_kutubxonasi/30991
https://t.me/chortoq_kutubxonasi/30993
Muxabbat Orinboy qizining "Onamning ertaklari" 11- kitobini audio shaklini foydallnuvchilarga xavola etamiz. Marxamat tinglang.
XX asr o’zbek hikoyasi xazinasidan 1 kitob- Tioshkent: “READ BOOK” nashriyoti, 2021. – 80 bet.
E’tiboringizga havola etilayotgan “XX asr o’zbek hikoyasi xazinasidan” turkumidagi mazkur 1 kitob XX asrda yashab, ijod qilgan Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, G’ofur G’ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Mirkarim Osim, Xakim Nazir, Mirmuhsin kabi buyuk yozuvchilar xaqida qisqacha ma’lumot hamda ularning qalamiga mansub eng sara hikoyalar jamlangan.
Ushbu kitobdan umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvch va o’qituvchilari, oliy o’quv yurtlari talabalari, ustoz va ota- onalar foydalanishlari mumkin. Keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan.
Erkin Vohidov.
O’zbegim: she’rlar, dostonlar, hajviyalar, muxammaslar, tarjimalar. – Toshkent, “Nurafshon business” nashriyoti, 2021- y. – 400 b.
Ushbu to’plam o’bek adabiyotining zabardast vakili, O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston qahramoni Erkin vohidovning sh’er, doston, hajviya, muxammas va tarjimalaridan tarkib topdi.
Erkin Vohidov qalamiga mansub bir asarning she’rlarini saralashga hojat yo’q: qaysi satrini o’qimang, kitobga kiritgingiz, mutolaaga kirishgan o’quvchiga xoh kata yoshli, xoh bugungi davr farzandi bo’lsin, shoir ijodini taqdim etgingiz, she’rlar zamiridagi faqat so’z san’atkorigina xos bo’lgan haqiqatlardan boxabar etgingiz keladi. “O’zbegim” nomi bilan nashr etilayotgan ushbu she’riy to’plam ham adabiyot ixlosmadlariga manzur bo’lishiga ishonamiz.
Sehrli kitob yoki Hitopadesha- qadimiy xind afsonalari – Toshkent: Akademnashr, 2019.- 208 b.
Sharq insoniyat stivilizastiyasining eng qadimiy o’chog’idir. Xind xalqi ham ana shu madaniyatning rivojiga ilkan hissa qo’shgan. Sizga tavsiya etayatgan kitob qadimiy xind afsonasi va rivoyatlaridan tashkil topgan bo’lib, ular yosh avlod tarbiyasida muhim ro’l o’ynashi aniq. Keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.
Abdurauf Fitrat.
Oila yoki oila boshqarish tartiblari- Toshkent: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2019 – 144 b.
Ulug’ adibimiz Abdurauf Fitratning badiiy va ilmiy asarlari bilan birga axloqiy masalalarga doir bir qator risolalari bor. Ularda komil inson shaxsini shakllantirish bilan bog’liq muammolar va ularning echimi aks etgan. Jamiyatning asosi bo’lgan oila, uning inson hayotidagi o’rni. Oila boshlig’I va a’zolarining vazifalari hamda oilaviy tarbiya muammolari o’z aksini topgan mazkur risola keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.
Axborot kutubxona markazining elektron kitoblari
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi Axborot kommuniklatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan M. Usmonov, B. Amanovlarning "Muqaddas qadamjolar tarrxi" kitobi yuzasidan tayyorlangan Buktreyler
Chortoq tuman AKM tomonidan "Dunyo mo'jizalari" kitobi yuzasidan tayyorlangan BUKTREYLER
Chortoq tuman AKM tomonidan Artur konan doylning "Dengiz qaroqchisi sharkining qismati" kitobidan tayyorlangan BUKTREYLER
Chortoq tuman axborot kutubxona markazi tomonidan Quronov. M. Bolam baxtli bo'lsin desangiz nomli kitobi yuzasidan tayyorlangan Buktreyler
Chortoq tuman axborot kutubxona markazi tomonidan "100 mumtoz faylasuf" nomli kitobi yuzasidan tayyorlangan Buktreyler
https://t.me/johon_adabiyoti_durdonalari/1842
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan Henri Fordning "Mening hayotim" kitobi yuzasidan tayyorlangan Buktreyler
Chortoq tuman Axborot -kutubxona markazining Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan o’quvchi yoshlar o’rtasida kompyuter savodxonligi to’garagi mashg’uloti o’tkazildi. Mshg’ulotda F. Jo’raboyeva tomonidan o’quvchilarga texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, vord dasturida ishlash o’rgatildi.
Chortoq tuman Axborot kutubxona marekazining Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmato tomonidan R. Ummatov muallifligida chop etilgan "G'aznai Namangon" ensiklopediyasining 1 - jildi yuzasidan tayyorlangan Buktreyler
Chortoq tuman Axborot kutubxona markazining Axborot kommunikatsiya va raqamlashtirish markazi tomonidan fevral oyida raqamlashtirilgan elektron kitoblar QR kodi
Chortoq tunam AKM kitobxonlari tomonidan may oyida eng ko'p o'qilgan kitoblar to'p o'ntaligi
Tuman madaniyat marakazida tumanimizning taniqli ijodkori Manzura Otaqo’ziyevaning “Rayhon iforli onam” nomli kitobining taqdomoti bo’lib o’tdi. Tadbirga bir qator yozuvchi va ijodkorlar tashrif buyurdib, yangi nashrdan chiqqan mazkur kitobning mazmuniga va M. Otaqo’ziyevaning ijodiga to’xtalib o’tildi. Tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O’lkamiz ijodkorlari va yangi nashrdan chiqqan “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli 100 jildlik kitoblar to‘plamini taqdimotini o’tkazildi.
📚 “Kuntug‘mish”
✍️ Xalq og‘zaki ijodi
📜 “Kuntug‘mish” dostonida o‘zbek xalqining azal-azaldan imon-e’tiqod, or-nomus, do‘stga sadoqatning va sof muhabbatning ulug‘lanishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni o‘qish davomida Xolbeka να Kuntug‘mishning g‘oyibona bir-biriga oshiq bo‘lishi, ularning zolimlardan qochib ko‘rgan qiyinchiliklari, egizak farzand ko‘rishlari, bir-birlaridan vaqtincha judo bo‘lishlari, farzandlari Gurkiboy va Mohiboyning sarguzashtlari, Azbarxo‘ja ismli karvonboshining razilligi, Kuntug‘mishning shoh bo‘lishi va qaytadan Xolbeka hamda farzandlari bilan topshishiga guvoh bo‘lasiz.
22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Chortoq tuman Axborot -kutubxona markazida 22- 26 aprel kunlari “Kitobxonlik xaftaligi” ning ochilishida "Qalbingizni ma’rifat ziyosi munavvar etsin!" mavzusida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi. Ochik eshiklar kunida Chortoq tumanidagi Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli maktab kutubxonachilari, Kasb - xunar maktab kutubxonachilari, faol kutobxonlar,Namangan davlat pedagokika instituti Akademik letseyi o'quvchilari, 17-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda " O'zbek milliy ma'naviyat namoyondalari", O'qing yangi adabiyotlar","Ulkamiz ijodkorlari ijodidan ","Turkiy adabiyot durdonalari", "Ertaklar olamiga sayohat", "Kitob barkamol avlod tarbiyachisi" mavzularida kitob ko'rgazmalari tashkil etildi.